Jingle Bell Rock
„Jingle Bell Rock“ | ||||
---|---|---|---|---|
Fayl:Single Bobby Helms-Jingle Bell Rock cover.jpg | ||||
Bobby Helms singli | ||||
„Jingle Bell Rock“ albomidan | ||||
B tomon |
„
| |||
Chiqarilgan sanasi | 28-noyabr, 1957-yil | |||
Yozib olingan | 1957-yil oktyabr | |||
Janr | ||||
Davomiyligi | 2:12 | |||
Leybl | Decca 9-30513 | |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Bobby Helms xronologiyasi | ||||
|
„Jingle Bell Rock“ — Amerikaning mashhur Rojdestvo qoʻshigʻi. Qoʻshiq birinchi marta 1957-yilda Bobby Helms ijrosida omma eʼtiboriga havola qilingan. Oʻshandan beri qoʻshiq har bir Rojdestvo mavsumi arafasida Amerika televideniyasida tez-tez efirga uzatilib kelinmoqda. „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining matni Joseph Carleton Beal (1900-1967) va James Ross Boothe (1917-1976) tomonidan yaratilgan[4][5][6][7][8][9].
Helms ijrosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Jingle Bell Rock" qoʻshigʻi koʻpgina sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan. Ular orasida eng mashhur ijro Paul Cohen ijrosidagi „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining dastlabki versiyasi hisoblanadi. Qoʻshiqning Paul Cohen ijrosidagi versiyasi 1957-yilda tayyorlangan[10][11]. Qoʻshiqning nomi va uning baʼzi soʻzlari eski Rojdestvo qoʻshigʻi „Jingle Bells“ ning kengaytmasi hisoblanadi.
Helms ijrosidagi qoʻshiqning dastlabki versiyasi 1957-yil oktyabr oyida „Decca 9-30513“ leyblida yozilgan. Ushbu ijro keyinchalik 1965-yilda „Kapp K-719“ leyblida va 1967-yilda „Little Darlinʼ LD-0038“ leybllarida qayta yozilgan. 1970-yilda Helms „Certron C-7013“ leyblida „Jingle Bell Rock“ nomli yangi albom chiqardi. Helms keyinchalik qoʻshiqni „Certron C-10021“ leyblida, „Gusto Records“ uchun „Power Pak“ leyblida va „Ashley AS-4200“ leybllarida qayta chiqargan. 1983-yilda Helms „Black Rose 82713“ leyblida „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining soʻnggi yozuvini chiqardi.
D-TV Helms ijrosidagi „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining oxirgi versiyasini (1983-yilgi) "The Walt Disney" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan „One Upon a Wintertime“, "Melody Time" va "On Ice" qisqa metrajli filmlarida foydalandi.
Koverlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yilda George Strait oʻzining „Merry Christmas Wherever You Are“ deb nomlangan albomi uchun „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻinining koverini ijro etdi. 1983-yilda „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining Hall & Oates ijrosidagi yangi kover versiyasi eʼlon qilindi. Aaron Tippin 2002-yilda oʻzining „A December to Remember“ nomli albomi uchun „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining koverini ijro qilgan. „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining yangi kover versiyalarini 2008-yilda Rascal Flatts va 2012-yilda Blake Shelton va Miranda Lambertlar ijro qilishdi.
Chartlar va savdo koʻrsatkichlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiqning Helms ijrosidagi dastlabki versiyasi "Billboard"ning „Most Played C&W by Jockeys“ chartida 13-oʻrinni egalladi. Shuningdek, „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻi 1958-yilgi „Billboard“ chartida eng koʻp sotilgan qoʻshiqlar („Best Sellers in Stores“) roʻyxatida 6-oʻrinni egalladi. „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻi „Cashbox“ jurnalida haftaning „Top 60“ musiqasi roʻyxatida 11-oʻrinni egalladi.
Helms ijrosidagi „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻi 2016-yil „Billboard Hot 100“ chartida 29-oʻrinni egalladi[12][13]. 2019-yil yanvar oyida Helms ijrosidagi qoʻshiq „Billboard Hot 100“ chartida birinchi marta 8-oʻrinni egalladi. Bu natija bilan Helms „Billboard Hot 100“ chartining „Top 10“ taligiga „yaratilganidan keyin eng uzoq vaqtdan soʻng kiritilgan qoʻshiq“ rekordini yangiladi. Chunki qoʻshiq chartga 1958 yilda birinchi kirishidan keyin 60 yil, toʻrt oy va ikki haftadan soʻng „Top 10“ talikka kirgan edi. Helms ijrosidagi „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻi 2020-yil 4-yanvardagi chartda 3-oʻrinni egalladi.
Bobby Helms
[tahrir | manbasini tahrirlash]Haftalik chartlar
Chart (1957) | Oʻrin |
---|---|
AQSH „Best Sellers in Stores“ (Billboard) | 6 |
AQSH Most Played C&W by Jockeys (Billboard) | 13 |
Chart (2001-2022) | Oʻrin |
Avstraliya (ARIA)[14] | 13 |
Daniya (Tracklisten)[15] | 8 |
Fransiya (SNEP)[16] | 84 |
Italiya (FIMI)[17] | 3 |
Latviya (LAIPA)[18] | 3 |
Livan (AGATA)[19] | 6 |
Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ)[20] | 21 |
Norvegiya (VG-lista)[21] | 13 |
Sloveniya (SloTop50)[22] | 16 |
Shimoliy Afrika (RISA)[23] | 50 |
Ispaniya (PROMUSICAE)[24] | 49 |
Shvetsiya(Sverigetopplistan)[25] | 8 |
AQSH Holiday 100 (Billboard)[26] | 2 |
AQSH Rolling Stone Top 100[27] | 3 |
Yil yakunlari chartlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chart (2020) | Oʻrin |
---|---|
Vengriya (Top 40 charts) [28] | 81 |
Chart (2021) | Oʻrin |
---|---|
Global 200 (Billboard)[29] | 182 |
Vengriya (Stream Top 40)[30] | 91 |
Hall & Oates koveri
[tahrir | manbasini tahrirlash]1983-yilda „Hall & Oates“ guruhi ijrosidagi „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining yangi koveri eʼlon qilindi. „Hall & Oates“ guruhi ijrosidagi yangi kover 2005-yilda "Hot 100 Recurrents" chartida 30-oʻrinni, 2008-yilgi "Billboard"ning „Holiday Airplay“ chartida 6-oʻrinni va 2011-yil 10-dekabrda „Hot Holiday Songs“ chartida 24-oʻrinni egalladi[31]. „Hall & Oates“ guruhi ijrosidagi „Jingle Bell Rock“ qoʻshigʻining ikkita musiqiy videosi mavjud.
Haftalik chartlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chart (1983-2022) | O'rin |
---|---|
Avstraliya (ARIA)[32] | 32 |
Gretsiya „International Digital Singles“ (IFPI)[33] | 96 |
Irlandiya (IRMA)[34] | 73 |
Livan (AGATA)[35] | 68 |
Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ)[36] | 20 |
Shvetsiya (Sverigetopplistan)[37] | 66 |
AQSH Holiday 100 (Billboard)[38] | 24 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bobby Helms, who sang 'Jingle Bell Rock,' dies“. Associated Press (1997-yil 20-iyun). 2022-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-oktyabr.
- ↑ „The 100 best Christmas songs of all time“ (2017-yil 25-dekabr). 2016-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.
- ↑ Pacella, Megan. „No. 12: Bobby Helms, 'Jingle Bell Rock' – Top 50 Country Christmas Songs“ (2012-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 11-oktyabr.
- ↑ Joseph Carleton Beal, in: Ancestry.com.
- ↑ Joseph Mills Carleton Beal, in: Ancestry.com.
- ↑ Ancestry.com.
- ↑ Dale V. Nobbman, Christmas Music Companion Fact Book, Hal Leonard Corporation, 2000, p. 101. ISBN 978-1-57424-067-2
- ↑ U.S. Census, 1910, State of Massachusetts, County of Norfolk, enumeration district 1083, p. 23-A, family 578.
- ↑ "Historical Sacrilege Issue", The Evening Standard (Uniontown, Pennsylvania), 3 October 1963, p. 14.
- ↑ Decca Records
- ↑ Lindquist, David. „Jingle Bell Rock cemented legacy for Hoosier Bobby Helms“. IndyStar.com. The Indianapolis Star. Qaraldi: 2012-yil 5-dekabr.
- ↑ „Music: Top 100 Songs | Billboard Hot 100 Chart“. Billboard.com. Qaraldi: 2016-yil 3-yanvar.
- ↑ „Music: Top 100 Songs | Billboard Hot 100 Chart“. Billboard.com. Qaraldi: 2016-yil 3-yanvar.
- ↑ „ARIA Top 50 Singles Chart“. Australian Recording Industry Association (2022-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
- ↑ „Track Top-40 Uge 51, 2020“. Hitlisten. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
- ↑ „Top Singles (téléchargement + streaming)“. Syndicat National de l'édition Phonographique. Qaraldi: 2019-yil 30-dekabr.
- ↑ „Top Singoli – Classifica settimanale WK 52“ (it). Federazione Industria Musicale Italiana. Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.
- ↑ „Mūzikas patēriņa tops gadu mijā“ (lv). LAIPA. 2019-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
- ↑ „2021 52-os savaitės klausomiausi (TOP 100)“ (lt). AGATA (2021-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
- ↑ „NZ Top 40 Singles Chart“. Recorded Music NZ (2022-yil 3-yanvar). 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.
- ↑ „VG-lista – Topp 20 Single uke 52, 2020“. VG-lista. Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.
- ↑ „SloTop50 – Slovenian official singles chart“. slotop50.si. 2018-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-avgust.
- ↑ „Local & International Streaming Chart Top 100: Week 52“. The Official South African Charts. Recording Industry of South Africa. Qaraldi: 2022-yil 14-yanvar.
- ↑ „Top 100 Canciones: Semana 52“. Productores de Música de España. Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
- ↑ „Sverigetopplistan – Sveriges Officiella Topplista“. Sverigetopplistan. Qaraldi: 2018-yil 22-dekabr.
- ↑ „Bobby Helms Chart History (Holiday 100)“. Billboard. Qaraldi: January 8, 2020.
- ↑ „Top 100 Songs“. Rolling Stone. December 12, 2019. 2019-12-16da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: December 26, 2019.
- ↑ „Stream Top 100 - darabszám alapján - 2020“. Mahasz. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
- ↑ „Billboard Global 200 – Year-End 2021“. Billboard. 30 November 2021. Qaraldi: December 7, 2021.
- ↑ „Stream Top 100 - darabszám alapján - 2021“ (hu). Mahasz. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
- ↑ „Daryl Hall & John Oates - Chart history | Billboard“ (en). www.billboard.com. Qaraldi: 2017-yil 26-fevral.
- ↑ „ARIA Top 50 Singles Chart“. Australian Recording Industry Association (2022-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
- ↑ „Official IFPI Charts – Digital Singles Chart (International) – Week: 52/2018“. IFPI Greece. 2019-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
- ↑ „IRMA – Irish Charts“. Irish Recorded Music Association. Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.
- ↑ „2021 52-os savaitės klausomiausi (TOP 100)“ (lt). AGATA (2021-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
- ↑ „NZ Top 40 Singles Chart“. Recorded Music NZ (2018-yil 31-dekabr). 2018-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
- ↑ „Veckolista Singlar, vecka 52“. Sverigetopplistan. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
- ↑ „Daryl Hall John Oates Chart History (Holiday 100)“. Billboard. Qaraldi: June 13, 2019.