Jesús Zavala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jesús Zavala
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jesús Eduardo Zavala Castañeda
Tavallud sanasi 21-iyul 1987-yil (1987-07-21) (36 yosh)
Tavallud joyi Monterrey, Nuevo León, Meksika
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2018 Monterrey 250 (17)
2018Zacatecas (Ijara) 3 (0)
2019—2020 Puebla 40 (0)
2020—2021 Juárez 16 (0)
2021—2022 Mazatlán 14 (0)
Milliy terma jamoa
2011 Meksika U23 5 (1)
2011—2016 Meksika 31 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-aprel 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (21-may 2016-yil uchun)

Jesús Eduardo Zavala Castaneda (1987-yil 21-iyulda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Meksika terma jamoasi yigʻinlariga bir necha bora jalb qilingan. Hozirda xalqaro maydinda Mekisa terma jamoasi sharafini himoya qiladi

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monterrey[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zavala Monterrey jamoasi bilan Klausura 2006da Toluca klubiga qarshi oʻyinda ilk bora maydonga tushib oʻz debyutini amalga oshirgan. U hujumchi sifatida oʻynay boshlagan, keyinchalik Viktor Manuel Vucetich Zavalaning hujumdan koʻra yarimhimoyada imkoniyatlari koʻproqligi va aynan yarimhimoyada jamoaga koʻproq foydasi tegishi hisobga olinib yarim himoyaga oʻtkazilgan[1].

Puebla klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Puebla klubi 2019-yil yanvar oyi boshida Zavalani sotib olganini eʼlon qilgan[2].

Xalqaro faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monterrey jamaosi bilan ajoyib mavsum va kubok bahslarini oʻtkazgandan soʻng, u jamoaga Apertura 2010da gʻalaba qozonishga yordam bergan, Zavala klubdagi faol harakatlari orqasidan terma jamoa bosg murabbiyi Jose Manuel de la Torrening eʼtiboriga tushgan. Jose manuel Zavalani terma jamoa yigʻiniga chaqirgan va uni birinchi roʻyxatga qoʻshib asosoiy tarkib oʻyinchisiga aylantirgan[3]. Oxir-oqibat u 2011-yilgi Oltin Kubokda, shu jumladan Meksika 4-2 hisobida gʻalaba qozongan AQShga qarshi finalda asosiy tarkibda maydonga tushgan va 90 daqaiqa oʻynagan. U oʻzining birinchi golini 2012-yilning 12-iyunida Salvador terma jamoasiga qarshi oʻyinda urgan va jamoasining oʻyinda gʻalaba qozonishiga oʻz hissasini qoʻshgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Meksika 2011 6 0
2012 10 2
2013 12 0
2014 2 0
2016 1 0
Jami 31 2

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 12.06.2012 Estadio Cuscatlan, San Salvador, El Salvador  El Salvador 1 — 0 2-1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
2. 7.09.2012 Estadio Nacional de Kosta-Rika, San-Xose, Kosta-Rika  Kosta Rika 2 — 0 2-0 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monterrey

  • Meksika Primerasi : Apertura 2009, Apertura 2010
  • Copa MX : Apertura 2017
  • InterLiga : 2010 yil
  • KONKAKAF Chempionlar Ligasi : 2010-11, 2011-12, 2012-13

Meksika U23

  • Panamerika oʻyinlari : 2011-yil

Meksika

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]