Jerome David Salinger
Jerome David Salinger | |
---|---|
Jerome David Salinger | |
![]() | |
Tavallud sanasi | 1-yanvar 1919[1][2][3] |
Vafot sanasi | 27-yanvar 2010[4][2][3] |
Fuqaroligi | AQSh |
Asarlari tili | Ingliz tili[1] |
Jerome David Salinger (talaffuzi: Jerom Devid Selinjer; 1-yanvar, 1919, New York[5] — 27-yanvar, 2010, Kornish, New Hampshire) — amerikalik yozuvchi. Uning eng mashhur asari The Catcher in the Rye („Javdarzordagi haloskor“).
Salinger Manhattanda oʻsgan, oʻrta sinflarda hikoyalar yoza boshlagan. Uning bir necha qisqa hikoyalari 1940-yillarning boshlarida nashr etilgan. Ular Whit Burnett asos solgan „Story“ jurnalida chop etilgan.[6] Salinger Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1948-yilda u, tanqidchilar tomonidan baland baholangan „A Perfect Day for Bananafish“ nomli asarini, The New Yorker jurnalida chop etadi. 1951-yilda Salinger „The Catcher in the Rye“ nomli romanini nashr etadi. Bu roman dabdabali muvaffaqiyatga ega boʻladi. Bu asar yosh avlodga katta taʼsir koʻrsatdi va haligacha eng koʻp oʻqiladigan asarlardan biri hisoblanadi. Asar yiliga 250 ming nusxada chop etiladi.
Muallifning „The Ocean Full of Bowling Balls“ nomli hikoyasi xech qayerda chop etilmagan. Ammo ushbu kitob Princeton universitetining kutubxonasida mavjud. Faqatgina universitet talabalari hikoyani oʻqish imkoniyatiga egadir. Salingerning vafotidan 50 yil oʻtgach, yaʼni 2060-yil 27-yanvar kuni „The Ocean Full of Bowling Balls“ ommabop nashr etiladi.
Salinger 27-yanvar 2010-yilda New Hampshiredagi uyida 91 yoshida vafot etdi.[7]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ Timeline of Major Events | American Masters | PBS“ (en-US). American Masters (16-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2019-yil.
- ↑ "J. D. Salinger". EXPLORING Novels. Detroit: Gale, 2003. Web. November 9, 2010.Andoza:Vs
- ↑ Italie, Hillel „'Catcher in the Rye' Author J.D. Salinger Dies“. ABC News (28-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2010-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Jerome David Salinger haqida turkum mavjud |
- „J. D. Salinger, Literary Recluse, Dies at 91“. The New York Times (28-yanvar 2010-yil).
- The Reclusive Writer Inspired a Generation, Baltimore Sun, 29-yanvar, 2010
- JD Salinger — Daily Telegraph obituary
- Obituary: JD Salinger, BBC News, 28-yanvar, 2010
- Jerome David Salinger IMDbda
![]() |