Kontent qismiga oʻtish

Jens Weißflog

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jens Weißflog
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Germaniya
Tavallud sanasi 21-iyul 1964-yil (1964-07-21) (59 yosh)
Erlabrunn, Bezirk Karl-Marx-Stadt, Sharqiy Germaniya
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash)

Jens Weißflog ― (1964-yil 21-iyulda tugʻilgan) Germaniyalik changʻidan sakrash yoʻnalishidagi sobiq sportchi. Jens sport tarixidagi eng yaxshi va eng muvaffaqiyatli changʻichilardan biridir. Faqatgina finiyaliklar Matti Nykänen va Janne Ahonen, polshalik Adam Małysz va Kamil Stoch hamda avstriyalik Gregor Shlierenzauerlar ushbu sportchidan jahon chempionatida koʻproq gʻalaba qozonishgan.

Weißflog Erlabrunn shahrida (hozirgi Breitenbrunnning bir qismi, Saksoniya) Erzgebirge hududida tugʻilgan.

19 yoshida 1983―1984-yillarda Sharqiy Germaniya uchun toʻrt tepalik turnirida gʻolib boʻlgan. Weißflog oʻzining yengil boʻyi va engil tanasi tufayli „Floh“ (nemischa burga) nomi bilan tanilgan. Oʻsha 1983―1984-yilgi mavsum qishida u birlashgan Jahon kubogini va keyinroq 1984-yilda Sarayevoda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida oddiy tepalik musobaqasida gʻolib boʻlgan. Keyingi qishda esa Weißflog va taniqli Fin Matti Nykänen changʻi uchish bahslari boʻyicha reytingga mutloq hukmronlik qilishgan.

Faoliyatining eng diqqatga sazovor tomoni shundaki, u oʻn ikki yil davomida eng yuqori darajadagi musobaqalarda qatnashgan. 1990-yil oxirida Sharqiy Germaniyadan birlashgan Germaniyaga tizimnng oʻzgarishi ham, changʻida sakrash texnikasining 1993-yilda parallel texnikadan V uslubiga oʻzgarishi ham uning muvaffaqiyatini toʻxtata olmagan. 1994-yilda birinchi Olimpiya gʻalabasidan oʻn yil oʻtib, 1994-yilda Lillexammerda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida shaxsiy katta tepalik va jamoaviy katta tepalik musobaqalarida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritgan. Jens oʻz faoliyatini 1996-yilda toʻrt marta toʻrt tepalikdagi kombinatsiyalangan turnirda gʻolib chiqqan birinchi changʻichi boʻlish bilan yakunlagan. Faqatgina finiyalik Janne Ahonen Toʻrt tepalik turnirida besh marta gʻalaba qozonib, bu rekordni ortda qoldirgan. Sportchi faoliyati davomida musobaqalarda besh marotaba ikkinchi oʻrinni ham qoʻlga kiritgan. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng u professional sportni tark etgan.

XCHF Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionatida Weißflog yakka tartibli oddiy tepalikda ikkita oltin (1985-yil, 1989-yil), yakkalik bahslarda katta tepalik turida (1989-yil) va jamoaviy katta tepalikda (1984-yil va 1995-yil) uchta kumush va yakkalik katta tepalik (1991-yil, 1993-yil) va jamoaviy katta tepaliklari bahslarida toʻrtta bronza medalini qoʻlga kiritgan (1985-yil va 1991-yil). Shuningdek, XCHF changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida 1985-yilda kumush va 1990-yilda bronza bilan ikkita medalni qoʻlga kiritgan[1].

Weißflog Xolmenkollen changʻi festivalida ikki marta (1989-yil, 1990-yil) changʻida sakrash musobaqasida gʻolib boʻlgan. U 1991-yilda Xolmenkollen medali bilan taqdirlangan (Vegard Ulvang, Trond Einar Elden va Ernst Vettori bilan birgalikda).

Bugungi kunda Jens Weißflog oʻzining tugʻilgan shahridagi Oberwiesenthalda joylashgan mehmonxonasiga ega va ZDF nemis televideniyesining asosiy sharhlovchisi hisoblanadi[2].

Jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Umumiy natijalar 4H SF JP
1980―1981-yil 110 Yoʻq Yoʻq
1982―1983-yil 16 2nd Yoʻq Yoʻq
1983―1984-yil 1st 1st Yoʻq Yoʻq
1984―1985-yil 4 1st Yoʻq Yoʻq
1985―1986-yil 16 22 Yoʻq Yoʻq
1986―1987-yil 11 7 Yoʻq Yoʻq
1987―1988-yil 6 2nd Yoʻq Yoʻq
1988―1989-yil 2nd 2nd Yoʻq Yoʻq
1989―1990-yil 6 3rd Yoʻq Yoʻq
1990―1991-yil 8 1st 19 Yoʻq
1991―1992-yil 38 39 Yoʻq
1992―1993-yil 11 3rd Yoʻq
1993―1994-yil 2nd 2nd Yoʻq
1994―1995-yil 6 12 14 Yoʻq
1995―1996-yil 4 1st 8 4