Janne Ahonen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janne Ahonen
Janne Ahonen Oslo 2011 (team, normal hill) 1.jpg
Fuqaroligi  Finlandiya
Qaysi sport (Changʻida sakrash)
Klubi Lahden Hiihtoseura
Tavallud sanasi 11-may 1977-yil (1977-05-11) (45 yosh)
Tavallud yeri Lahti, Finlandiya

Janne Petteri Ahonen — (1977-yil 11-mayda tugʻilgan)[1] Finlyandiyaning sobiq changʻi sakrash yoʻnalishidagi sportchisi va drag-poygachisi hisoblanadi. Janne 1992-yildan 2018-yilgacha changʻida sakrash boʻyicha musobaqalarda qatnashgan va sportning barcha davrlardagi eng muvaffaqiyatli sportchilaridan biri, shuningdek Finlyandiyadagi eng muvaffaqiyatli sportchilardan biri hisoblanadi. Ahonen ketma-ket ikkita Jahon kubogi, Toʻrt tepalik turnirida besh marta rekord, Jahon chempionatlarida ikkita yakkalik bahslarida oltin medal va bir marta Shimoliy turnirida gʻolib boʻlgan. Kuningaskotka („Qirol burgut“) laqabli Ahonen qishki Olimpiya oʻyinlarida hech qachon yakkalik medallar qoʻlga kiritmagan eng buyuk changʻichi sifatida taʼriflangan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahonenning eng koʻzga koʻringan yutuqlari orasida beshta Jahon chempionati (1997-yilda oddiy tepalik; 2005-yilda katta tepalik; 1995-yil, 1997-yil va 2003-yillarda jamoaviy katta tepalik), ikkita Jahon kubogi (2003—2004-yil va 2004—2005-yil) va rekord darajadagi beshta chempionlik unvonlari ham bor. Toʻrt tepalik turniridagi gʻalabalar (1998—1999-yil, 2002—2003-yil, 2004—2005-yil, 2005—2006-yil va 2007—2008-yillar). U Jahon kubogi ochkolari, podiumlar (133) va eng yaxshi 10 ta urinishlari (245 m) boʻyicha barcha davrlarning yetakchisi hisoblangan. Jahon kubogida 36 ta gʻalaba qozongan Ahonen Gregor Shlierenzauer, Matti Nykänen va Adam Malishdan keyin toʻrtinchi oʻrinda turadi. 2005-yilda Ahonen Finlyandiyada yilning eng yaxshi sport shaxsi deb topilgan.

2013-yil 10-yanvarda matbuatga bergan interyusida Ahonen 2014-yil Sochida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida yakkalik bahslarida medal qoʻlga kiritish maqsadida ikkinchi marta istefoga chiqishini eʼlon qilgan[3]. Aynan Rossiyadagi musobaqada oddiy tepalikda 29-oʻrinni, katta tepalikda esa 22-oʻrinni egallagan. Ahonen Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida Finlyandiyaning changʻidan sakrash boʻyicha jamoasi aʼzosi boʻlib, u yerda shaxsiy musobaqalarda 27 va 40-oʻrinlarni egallagan va jamoaviy musobaqada Finlyandiya jamoasi tarkibida sakkizinchi oʻrinni egallagan[4].

2018-yil oktabr oyida Ahonen uchinchi marta musobaqada sakrashdan nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan va „Men changʻida sakrashni hech qachon tashlamayman. Hohlaganimda sakrashni davom ettiraman, lekin boshqa hech qanday musobaqada qatnashmasligimni tasdiqlayman“ deb izoh bergan[5].

Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadbir Oddiy tepalik Katta tepalik Jamoaviy
Norvegiya1994-yil Lillexammer 37 25 5
Yaponiya 1998-yil Nagano 4 37 5
Qoʻshma Shtatlar 2002-yil Solt-Leyk Siti 4 9 Kumush
Italiya 2006-yil Turin 6 9 Kumush
Kanada 2010-yil Vankuver 4 31 4
Rossiya2014-yil Sochi 29 22 8
Janubiy Koreya 2018-yil Pxyonchxan 40 28 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Janne AHONEN“.
  2. Zaccardi. „Janne Ahonen, ski jumping great, retires for third time“. NBCSports.com (27-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2018-yil.
  3. „Janne Ahonen, Finland’s comeback kid renews Olympic quest“. olympic.org. 2014-01-12. Retrieved 2015-05-17.
  4. Zaccardi. „Janne Ahonen, ski jumping great, retires for third time“. NBCSports.com (27-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2018-yil.
  5. Zaccardi. „Janne Ahonen, ski jumping great, retires for third time“. NBCSports.com (27-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2018-yil.