Rudali togʻlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rudali togʻlar, Krushne-Gori — Yevropadagi togʻlar, Chexiya togʻ massivining shim.gʻarbiy chekkasi. Uz. 150 km. Eng baland joyi 1244 m. Gneys, granit, fillit, slyudali slanets jinslaridan tuzilgan. 800–900 m gacha balandlikdagi yon bagʻirlari aralash oʻrmonlar, qiya, toʻlqinsimon togʻ tepalari oʻtloklar bilan qoplangan. Volfram, vismut, rux va boshqa metall rudalari topilgan (nomi ham shundan). Issiq buloqlar bor. Qishki sport musobaqalari oʻtkaziladi. Iqlimiy va balneologik kurortlar kup.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil