Jenis Lepesov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jenis Lepesov
Tavalludi 1945-yil
Qoraqalpog'iston
Millati qoraqalpoq

Jenis Lepesov (1945-yil Qoraqalpogʻiston ASSR) – Qoraqalpogʻiston xalq rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi[1][2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jenis (ayrim manbalarda Jengis) Lepesov 1945-yilda Qoraqalpogʻistonda tugʻilgan. 1966-yilda oʻrta maktabni tamomlab, Olmaota rassomlik bilim yurtiga oʻqishga qabul qilingan. Bilim yurtida V. Krushin, B. Pak, B. Tabiyev, S. Aytboyev, M. Ismailov, T. Togyzbayev kabi tasviriy sanʼat ustalaridan taʼlim oldi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yilda Lepesov Nukusga qaytib, oʻzining mustaqil rassomlik faoliyatini boshladi. U bir necha yillar davomida Nukus tasviriy sanʼat ishlab chiqarish ustaxonalarida bezakchi sifatida faoliyat yuritgan[3]. Keyinchalik, 1985-yildan boshlab Y. Qoʻspoʻlatov nomidagi sanʼat maktabida tasviriy sanʼat va rassomchilik boʻyicha dars berdi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]