Jemma Purfield

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jemma Purfield
Purfield "Bristol City" klubida 2020-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jemma Elizabeth Purfield
Tavallud sanasi 21-fevral 1997-yil (1997-02-21) (27 yosh)
Tavallud joyi Beverley, Angliya[1]
Boʻyi 5ft 5in (1.65 m)
Ampluasi himoyachi, qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Leicester City
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Doncaster Rovers Belles
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2014 Doncaster Rovers Belles 3 (0)
2014—2015 Durham 19 (4)
2019—2020 Liverpool 8 (0)
2020—2021 Bristol City 21 (1)
2021 Leicester City 20 (2)
Milliy terma jamoa
2013—2014

Angliyaning 17 yoshgacha

boʻlgan ayollar milliy terma jamoasi
6 (0)
2014

Angliyaning 19 yoshgacha

boʻlgan ayollar milliy terma jamoasi
2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 24-may 18:46 (utc) uchun)

Jemma Elizabeth Purfield (talaffuzi:  Jemma Elizabet Purfild) (1997-yil 21-fevralda tugʻilgan) angliyalik professional futbolchi hisoblanadi. Jemma Purfield Angliya ayollar superligasi vakili „Leicester City“ klubida oʻynaydi.

Dastlabki yillardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jemma Purfield oʻz faoliyatini „Donkcster Rovers Belles“ klubida boshlagan. Jemma Purfield „Donkcster Rovers Belles“ klubidagi debyut oʻyinini 2013-yilning 20-aprelida „Chelsea“ klubiga qarshi (4:0 hisobida magʻlubiyat) oʻyinda oʻtkazgan. Bu bilan Jemma Purfield „Doncaster“ klubining eng yosh WSL oʻyinchisiga aylangan[2]. Jemma Purfield 2014-yilgi mavsumda yangi tashkil etilgan „Durham“ klubiga oʻtdi. Jemma Purfield yangi klub bilan oʻzining birinchi oʻyinida uchta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu natija jamoani guruh reytingida 6-oʻringa koʻtardi[3].

Kollejdagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Jemma Purfield Arizona shtati „Sun Devils“ jamoasiga oʻtishdan oldin Janubiy Alabama kollej jamoasi „Jaguars“ bilan kolej futboli jamoalarida oʻzining futbolchilik faoliyatini boshladi[4]. Jemma Purfield ikkala jamoada ham jamoa sardori boʻlib, bir qancha individual mukofotlarga sazovor boʻldi. Masalan, 2015-yilda Sun Belt konferensiyasining birinchi raqamli oyinchisi va 2016-yilda SBCda yilning eng yaxshi oʻyinchisi nomlariga sazovor boʻldi[5][6].

Professional futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liverpool[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jemma Purfield 2019-yilda Angliyaga qaytib keldi va yanvar oyida FA WSL vakili „Liverpool“ klubi bilan shartnoma imzoladi[7].

Bristol City[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Liverpool" klubi quyi ligaga tushib ketdi. Jemma Purfield shartnomasi tugaganidan keyin klubdan ketdi. Shundan soʻng, Jemma Purfield „Bristol City“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[8][9]. Jemma Purfield „Bristol City“ klubi bilan jami 27 ta oʻyin oʻtkazdi. Jemma Purfield mavsum oxirida jamoa quyi ligaga tushib ketganidan keyin klubdan ketdi[10].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Doncaster Rovers Belles 2013-yil WSL 2 0 0 0 2 0 4 0
2014-yil WSL 2 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 3 0 0 0 2 0 5 0
Durham 2014-yil WSL 2 11 3 0 0 0 0 11 3
2015-yil 8 1 0 0 0 0 8 1
Jami 19 4 0 0 0 0 19 4
Liverpool 2018—2019 WSL 6 0 0 0 0 0 6 0
2019—2020 2 0 2 0 2 0 6 0
Jami 8 0 2 0 2 0 12 0
Bristol City 2020—2021 WSL 21 1 1 0 5 1 27 2
Jami 51 5 3 0 9 0 63 6

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jemma Purfield“. Arizona State Sun Devils. Qaraldi: 12-may 2019-yil.
  2. „Tongue Tied Management — Jemma Purfield“. Tongue Tied Management.
  3. „Debut season to be proud of for unique Durham side“. Palatinate Online (6-noyabr 2014-yil).
  4. Batte, Kathryn. „Why 2017 is a great opportunity for Women's Football in Hull“. Hull Daily Mail (13-iyul 2017-yil). Qaraldi: 12-may 2019-yil.
  5. „Jemma Purfield - Women's Soccer“ (inglizcha). Arizona State University Athletics.
  6. „Purfield voted Sun Belt player of the year“ (inglizcha). University of South Alabama Athletics.
  7. „Jemma Purfield: Liverpool Women sign England Under-23 winger“. BBC Sport (18-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 12-may 2019-yil.
  8. „Jemma Purfield departs LFC Women“. Liverpool FC.
  9. „Jemma Purfield is a Robin“ (inglizcha). Bristol City.
  10. „City Women trio depart“. Bristol City.