Jemal Tabidze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jemal Tabidze
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 18-mart 1996-yil (1996-03-18) (28 yosh)
Tavallud joyi Samtredia, Gruziya
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Dinamo Tbilisi
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011-2013 Saburtalo Tbilisi
2015-2017 K.A.A. Gent
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013-2015 Saburtalo Tbilisi (2)
2015-2017 K.A.A. Gent (0)
2017 → Ural Yekaterinburg (0)
2017-2022 FC Ufa (1)
2022 K.V. Kortrijk (0)
2022 Dinamo Tbilisi (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jemal Tabidze (gruzincha: ჯემალ "ჯიმი" ტაბიძე, 1996-yil 18-martda tugʻilgan) — gruziyalik futbolchi, Tbilisining „Dinamo“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pirveli Ligadagi faoliyatini Saburtalo Tbilisi jamoasining yoshlar klubida boshlaganidan soʻng, u 2015-yil iyul oyida Belgiyaning K.A.A Gent klubiga oʻtdi. U yerda ham oʻrinbosarlar jamoasida oʻynadi. klub bilan koʻplab oʻyinlarda ishtirok etdi. ammo koʻpinch zahiradan maydonga tushardi, shu sabab, asosiy tarkibda maydonga tushmadi.

2017-yilning 14-fevralida u Rossiya Premer-ligasi klubi „Ural Yekaterinburg FC“ga 2016-17-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida qo‘shildi[1].

2017-yilning 1-iyulida u „Ufa“ klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi[2]. 2022-yil 30-mart kuni Tabidze o‘zaro kelishuvga ko‘ra Ufa bilan shartnomasini bekor qildi[3].

2022-yil 11-iyun kuni Tabidze Belgiyaga qaytdi va K.V Kortrijk FC bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[4]. 2022-yil 15-iyulda uning K.V Kortrijk FC bilan shartnomasi mavsum boshlanishidan oldin oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilindi, klub buni oʻyinga tayyor emasligi bilan izohladi va Tabidzening "Dinamo Tbilisi" futbol klubiga oʻtishiga ruxsat berdi[5]. Keyinchalik u boshqa klubga oʻtmadi. Hozirda ham shu klubda maydonga tushadi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 21 yoshida milliy terma jamoa safiga ilk chaqiruv oldi. U 2017-yilning 23-yanvar kuni Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Gruziya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan[6].

Sana Joy Raqib Hisob Umumiy natija Musobaqa
1. 2018-yil 27-mart Mixail Mesxi stadioni, Tbilisi, Gruziya  Estoniya 1 — 0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Rossiya kubigi Qitʼa Jami
Division Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Saburtalo Tbilisi 2013-14 Erovnuli Liga 2 18 0 0 0 - 18 0
2014-15 19 2 1 0 - 20 2
Jami 37 2 1 0 0 0 38 2
Ural Yekaterinburg 2016-17 Rossiya Premer ligasi 3 0 1 0 - 4 0
Ufa 2017-18 20 0 1 0 - 21 0
Karyerada jami 60 2 3 0 0 0 63 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jemal Tabidze“ (Russian). FC Ural Yekaterinburg (2017-yil 14-fevral). 2017-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
  2. „Jemal Tabidze Ufa tarkibida“ (Russian). FC Ufa (2017-yil 1-iyul). 2017-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-iyul.
  3. FC Ufa (2022-yil 30-mart). „Джемал Табидзе покидает ФК "Уфа"“ (ru). Press-reliz. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  4. „JIMMY TABIDZE IS VIERDE AANWINST“ (nl). Kortrijk (2022-yil 11-iyun). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  5. „JOÃO SILVA VERSTERKT KVK-DEFENSIE“ (nl). Kortrijk (2022-yil 15-iyul). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  6. „Uzbekistan draws with Georgia in friendly“. The Tashkent Times (2017-yil 24-yanvar).