Jelezinka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jelezinka
qishloq
53°33′00″N 75°21′00″E / 53.55000°N 75.35000°E / 53.55000; 75.35000 G OKoordinatalari: 53°33′00″N 75°21′00″E / 53.55000°N 75.35000°E / 53.55000; 75.35000 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Pavlodar viloyati
Tuman Jelezin tumani
Hukumat
 • Akim Qabdulov Qayrat Qabidenovich
Asos solingan 1717
Aholisi
 (2012)
5 189
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +71831 [1]
Pochta indeks(lar)i 140400 [2]
Avtomobil kodi S, 14
Jelezinka xaritada
Jelezinka
Jelezinka
Jelezinka xaritada
Jelezinka
Jelezinka

Jelezinka qishlogʻi — Pavlodar viloyati Jelezin tumanining maʼmuriy markazi (1935-yildan buyon). Viloyat markazi — Pavlodar shahridan shimoli-gʻarbga tomon 188 km masofada, Irtishning oʻng yoqasida joylashgan. Aholisi 5,189 nafar (2012). Qishloqqa 1717-yili asos solingan.

Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jelezin tumani tashkil topishi bilan Jelezinka tuman va qishloq kengashining, 1957-yilda esa shirkatlarning markazi boʻldi. Qishloqda moy zavodi, tikish fabrikalari, kasbiy-texnik maktab, umumiy bilim beruvchi maktablar, sport maktabi, musiqa maktabi, tuman kasalxonasi va shifoxona, kutubxonalar, madaniyat uyi, v.h. mahkamalar faoliyat yuritmoqda. Jelezinka orqali Pavlodar — Omsk avtomobil yoʻli oʻtadi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jelezin qishlogʻi — Irtish daryosi boʻyida 1717-yili tashkil topdi. Jelezin qishlogʻi Sibir general-gubernatorligining ilk gubernatori M.P. Gagarinning rahnamoligida tashkil etildi. 1714 — 16-yillari Petr I farmoniga binoan Irtish dahasiga yuborilgan I.D. Buxgolsning yoʻrigʻi magʻlubiyatidan keyin, knyaz Gagarin Irtish daryosining boʻyida yangi qamallar barpo etish uchun P.Severskiy va V.Cheredov boshchiligidagi ekspeditsiyani tashkillashtirdi. Cheredov Kolbasinsk qamali, Severskiy Jelezin shahrini barpo qildi. Jelezin shahri avvalida toʻrt burchakli, zangbaraklar joylashtirilgan bastionlari bor kichik qamal edi. Rossiya hokimyati Zaysan koʻliga, Qora Irtishga, Sharqiy Turkistonga yurishlarning harbiy tiragi maqsadida foydalandi. 18 asrning 20 — 30-yillarida Jelezin shahri qozoqlarni joʻngʻor bosqinchiligidan himoya qilishda katta roʻl oʻynadi. Ikkinchidan, joylashgan yeri qulay boʻlganligi sababli Rossiya imperiyasi Jelezin shahrini Oʻrta juzni mastahkamlama qilishning bir tiragi maqsadida foydalandi. Shahar 18 asrning 40 — 50-yillarida qozoq-rus, rus-joʻngʻor savdo aloqalarini rivojlantirishda yaxshi roʻl oʻynadi. Jelezin shahri hokimyati Sibir general-gubernatorligiga, 1783-yildan boshlab Toʻbil namestnichestvosiga qaram boʻldi. Keyin Semey, Oʻstkemen, Omsk shaharlari bilan raqobatlasha olmay, oddiy qishloq boʻlib qoldi. 1868-yili Semey viloyati Pavlodar uezining tarkibiga kirdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]