Jefferson Intriago

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jefferson Alfredo Intriago Mendoza (talaffuzi: Jefferson Alfredo Intriago Mendoza) 1995-yil 18-yanvarda Ekvadorning Junin shahrida tugʻilgan. Ekvadorlik futbolchi „Juárez“ klubi va Ekvador terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jefferson Intriago Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Jefferson Alfredo Intriago Mendoza
Tugʻilgan

4-iyun 1996-yil(1996-06-04)[1][2][3]

(26 yosh)

Ekvador

Fuqaroligi Flag Ekvadora Ekvador
Boʻyi 175 cm
Vazni 70 kg
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Meksiki Juárez
Raqami 15

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jefferson Alfredo Intriago Mendoza „LDU Kito“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yil 25-yanvarda „Manta“ga qarshi oʻyinda u Ekvador Primer ligasida debyut qildi[4]. 2015-yil 30-avgust kuni „Mushuc Runa“ga qarshi bahsda Jefferson „LDU Kito“ safida birinchi golini urdi[5]. Oʻsha yili u klubga kumush medallarni qoʻlga kiritishiga yordam berdi.

2018-yilda Ernan Barkosning mavsum oʻrtasida ketishidan soʻng, Jefferson Alfredo Intriago Mendoza jamoa sardori boʻldi. Chempionat yakunlariga ko‘ra, jamoasi sakkiz yil ichida ilk bor Ekvador chempioni bo‘ldi, Intriagoning oʻzi esa o‘z faoliyatida ilk bor bu unvonni qo‘lga kiritdi[6].

2021-yil 29-noyabrda u Meksikaning birinchi divizionidagi „Mazatlan“ futbol klubida toʻp surishi ommaga ochiqlangan. Bundan ilgari Jefferson Alfredo Intriago Mendoza „Juarez“ futbol klubida oʻynagan.

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil Jefferson Alfredo Intriago Mendoza Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Argentina, Venesuela, Kolumbiya va Paragvay jamoalariga qarshi bahslarda oʻynadi[7][8][9][10].

2015-yil Jefferson Alfredo Intriago Mendoza Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida Urugvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Argentina, Peru, Boliviya va Paragvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11][12][13][14].

2017-yilning 6-oktyabr kuni Intriago Ekvador terma jamoasi safida JCh—2018 saralashida Chiliga qarshi o‘yinda debyut qildi[15].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Yillar Oʻyinlar Gollar
Liga Deportiva Universitaria Ekvador bayrogʻi Ekvador 2014-2019 181 6
F. C. Juárez Meksika bayrogʻi Meksika 2019-2021 65 3
Mazatlán F. C. 2022-hozirgacha 34 0
Umumiy karyerasida 280 9

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jefferson Intriago // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Jefferson Intriago // FBref.com (mn.)
  3. JEFFERSON ALFREDO INTRIAGO // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
  4. „Манта VS. ЛДУ Кито 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 25-yanvar). 2018-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
  5. „Мушук Руна VS. ЛДУ Кито 1:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 30-avgust). 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
  6. „Liga de Quito derrotó 1-0 a Emelec y es el campéon del Ecuador 2018“ (es). elcomercio.com (2018-yil 16-dekabr). 2019-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-dekabr.
  7. „Аргентина (до 17) VS. Эквадор (до 17) 0:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 3-aprel). 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
  8. „Эквадор (до 17) VS. Венесуэла (до 17) 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 4-aprel). 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
  9. „Эквадор (до 17) VS. Колумбия (до 17) 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 6-aprel). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
  10. „Парагвай (до 17) VS. Эквадор (до 17) 3:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 8-aprel). 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
  11. „Аргентина (до 20) VS. Эквадор (до 20) 5:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 14-yanvar). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
  12. „Эквадор (до 20) VS. Перу (до 20) 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 17-yanvar). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
  13. „Эквадор (до 20) VS. Боливия (до 20) 5:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 19-yanvar). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
  14. „Парагвай (до 20) VS. Эквадор (до 20) 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 20-yanvar). 2019-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
  15. „Чили VS. Эквадор 1:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 6-oktyabr). 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-oktyabr.