Jasur Alijonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jasur Alijonov
Tavalludi 1988-yil 12-may (35-yosh)
Toshkent, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi sportchi, murabbiy

Jasur Alijonov (1988-yil 12-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek aralash yakkakurashlari boʻyicha murabbiy, sobiq professional bokschi. Yengil vaznda kikbokschi[1], kikboksing va aralash yakkakurashlar boʻyicha sport ustasi[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jasur Alijonov 1988-yil 12-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. 12 yoshida kikboksing va boks bilan shugʻullana boshlagan. 2008-yilda professional boksda debyut qilgan[3]. Uning professional miqyosdagi ilk gʻalabasi 2008-yil 5-may kuni Abdumanap Qoʻchqorov ustidan qozonilgan. 8 ta jangdan soʻng jarohati tufayli faoliyatini tugatishga majbur boʻlgan[4].

2013-yilda boks boʻyicha oʻrta vazn toifasida Oʻzbekiston chempionatining kumush medali sovrindori boʻlib, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritadi. Bir paytlar Oʻzbekiston terma jamoasi safida bir qancha yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Jumladan, u Toshkentdagi Sidney Jekson memorialida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Xersondagi Nikolay Manger memorialida chorak finalga chiqib, Ukraina vakili Yevgeniy Xitrovga yutqazgan. Olma-Ota shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qilgan. Unda 75 kg vazn toifasida u turnir jadvalidagi dastlabki uchta raqibidan muvaffaqiyatli oʻtib ketadi. Lekin, toʻrtinchi chorak final uchrashuvida esa rossiyalik Artyom Chebotarevdan texnik nokaut bilan magʻlub boʻladi.

2014-yilgi Oʻzbekiston chempionatida oʻrta vazn toifasida chorak finalda toʻxtab, sovrindorlar qatoriga kira olmadi.

2015-yilda Oʻzbekiston milliy chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Andijon shahrida oʻtkazilgan „Oltin vodiy“ xalqaro turnirida eng yaxshi natija qayd etadi. Asqar Quliboyev sovrinlari uchun Atirauda oʻtkazilgan xalqaro turnirda chorak finalda rossiyalik bokschi Vladislav Fedyuringa yutqazib qoʻygan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alijonov professional faoliyatini yakunlagandan keyin, kikboksing va MMA (aralash jang sanʼatlari) boʻyicha professional murabbiylik faoliyatini boshlaydi. Faol faoliyatidan soʻng darhol Legion Fight Clubda yangi faoliyatini boshlagan. U yerda Mahmud Murodov[5][6][7] (UFC jangchisi[8]) va Temurov Ramazonni[9] tayyorlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Jar»da o‘tgan kikboksing bo‘yicha chempionatdan so‘ng shifoxonaga tushgan 17 yoshli sportchi chuqur komada“ (uz). Xabar.uz. 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
  2. „Яхши спортчи бўлиш мумкин, лекин яхши инсон бўлиш қийин, Ўзбекистонга ММА спорти ҳали ҳам кириб келмаган бўларди, агар… - ММА мураббийи билан суҳбат“ (uz). Xabardor.uz. 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
  3. „BoxRec: Event“ (en). BoxRec. 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
  4. 2020-05-29 14:46:00. „MMA tarixidagi eng kuchli jangchi kim? O‘zbek MMA vakillari javob berdi“ (uz). Sports.uz (2020-yil 29-may). Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr. [sayt ishlamaydi]
  5. „Jasur Alijonov UFC 280 turnirida Mahmud Muradovning burchagida ishlaydi“ (uz). Olamsport.com. 2022-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
  6. „Mahmud Murodov: «MMA targ‘ibotini Toshkent bilan cheklab qo‘ymaymiz» — «Muradov Professional League» oldidan matbuot anjumani (intervyu)“ (uz). Stadion.uz. 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
  7. 2020-10-29. „Mahmud Murodov necha kunlik karantinga olindi?“ (uz). Sports.uz (2020-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr. [sayt ishlamaydi]
  8. „Махмуд Мурадов: Могли бы провести совместный турнир в Казахстане с лигой OCTAGON. Ждем UFC в Узбекистане“ (ru). Prosports.kz. 2022-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
  9. „"Jasko Koach" va Ramazon Temirov Jasur Mirzamuhammedovning mag'lubiyatiga munosabat bildirishdi“ (uz). Olamsport.com. 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]