Jason Kreis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jason Kreis
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jason Clarence Kreis
Tavallud sanasi 29-dekabr 1972-yil (1972-12-29) (51 yosh)
Tavallud joyi Omaha, Nebraska, AQSh
Boʻyi 5 ft 8 in (1.73 m)
Ampluasi yarim himoyachi, hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Inter Miami CF (assistent)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1993 Raleigh Flyers
1994 New Orleans Storm
1995 Raleigh Flyers (10)
1996—2004 Dallas Burn 247 (91)
2005—2007 Real Salt Lake 58 (17)
Milliy terma jamoa
1996—2000 AQSh 14 (1)
Boshqargan klublari
2007—2013 Real Salt Lake
2013—2015 New York City FC
2016—2018 Orlando City
2019— AQSh U23
2020 Fort Lauderdale CF
2021— Inter Miami CF (assistent)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jason Clarence Kreis (talaffuzi: Jeyson Klarens Kris; 1972-yil 29-dekabrda AQShning Nebraska shtati Omaxa shahrida dunyoga kelgan) — amerikalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Hozirda u AQSh olimpiya terma jamoasini boshqarmoqda.

Jason Kreis futbolchilik faoliyatining asosiy qismini AQShning „Dallas“ futbol klubida, keyinroq esa „Real Salt Lake“ futbol klubida oʻtkazdi. Umuman olganda, u 300 dan ortiq professional oʻyinda maydonga tushgan. 1999-yildagi natijalariga koʻra futbolchi MLS tarixidagi eng koʻp gol urgan futbolchilar roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallab turibdi. U shuningdek, AQSH terma jamoasida ham 14ta oʻyin oʻtkazgan.

Dastlabki yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jason Kreis oʻzining tugʻilgan shahri Omahadagi „Gladiator“ futbol futbol klubida oʻynagan. Uning ota-onasi Nebraskada birinchilardan boʻlib oʻzlarining futbol klubini tashkil qilishgan. Omaxadagi Burk oʻrta maktabiga oʻqishga kirgan Jason Kreis mahalliy futbol jamoasiga chaqirildi[1]. Birinchi kursni tugatgandan soʻng, Jason Kreis va uning oilasi Luiziana shtatining Mandevil shahriga koʻchib oʻtdi, u yerda u Mandeville oʻrta maktabi jamoasi bilan bir nechta turnirlarida qatnashdi. Shuningdek, 1991-yilda 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan va nufuzli Vashington D.C. Capital Cup kubogini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jason Kreis atigi 14 ta xalqaro oʻyinda maydonga tushgan. U birinchi oʻyinini 1996-yil 30-avgustda Salvadorga qarshi oʻtkazdi. Jason Kreis oʻzining yagona golini 1999-yil 8-sentyabrda Yamaykaga qarshi oʻyinda kiritgan va bahs 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan[2].

Keyingi faoliyati         [tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 19-martida Jason Kreis AQShning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga murabbiy etib tayinlangan[3].

2021-yil 1-mart kuni Jason Kreis „Inter Miami“ futbol klubining yangi bosh murabbiyi Fil Nevillning yordamchisi etib tayinlangan[4][5].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublardagi faoliyati Liga Kubok Play-off

bosqichlarida

Xalqaro turnir Jami
Jamoa Mavsum Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dallas Burn 1996 31 13 0 0 2 1 - 33 14
1997 32 8 2 0 4 1 - 38 9
1998 30 9 2 0 2 1 - 34 10
1999 32 18 1 1 6 1 - 39 20
2000 27 11 3 1 2 0 - 32 12
2001 25 7 1 0 3 0 - 29 7
2002 27 13 3 0 3 1 - 33 14
2003 18 7 1 0 - - 19 7
2004 25 5 1 0 - - 26 5
Jami 247 91 14 2 22 5 - 283 98
Real Salt Lake 2005 24 9 0 0 - - 24 9
2006 30 8 0 0 - - 30 8
2007 4 0 - - - 4 0
Jami 58 17 0 0 - - 58 17
Umumiy faoliyatida 305 108 14 2 22 5 - 341 115

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. NEBRASKA USA TODAY — Wednesday, June 8, 1988
  2. „Late goal gives U.S. tie with Jamaica“. 2-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2013-yil.
  3. „Jason Kreis Named Head Coach of U-23 MNT“ (inglizcha). USSoccer.com (19-mart 2019-yil). Qaraldi: 19-mart 2019-yil.
  4. „Inter Miami CF Announces Phil Neville’s Technical Staff“. Inter Miami CF (1-mart 2021-yil). 2021-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-mart 2021-yil.
  5. „Inter Miami CF announce staff for new head coach Phil Neville“. MLSsoccer.com (1-mart 2021-yil). 2021-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2021-yil.