Jarmo manzilgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jarmo manzilgohi - Mesopotamiyadagi ilk neolit davri (mil. av. 7-ming yillik)ga oid manzilgoh. Kirkuk sh.ning yaqinida, 1948 y.da amerikalik arxeolog R. Breydvud topib tekshirgan. Uning 3 ga yaqin maydoni kavlab ochilgan. Madaniy qatlamining qalinligi 7 m ga yetadi. R. Breydvudning taxminicha, J. m.da 25 ga yaqin alohida xonadon boʻlib, ularda 150 ga yaqin kishi istiqomat qilgan. Devorlari somonli, xom gʻishtdan qurilgan. Sopol va marmarsimon toshlardan yasalgan idish boʻlaklari, odam va hayvon haykalchalari topilgan. Sopol idishlar qizil boʻyoq bilan sodda bezatilgan. Chaqmoqtoshdan yasalgan motiga, yorgʻuchoq, oʻroq qadamasi, qirgʻich, suyakdan yasalgan igna, arpa-bugʻdoy qoldigʻi, uy va yovvoyi hayvon suyaklari va b. narsalar topilishi J. m.liklar hayotida ovchilik va ibtidoiy dehqonchilik katta rol oʻynaganini koʻrsatadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Masson V. M., Srednyaya Aziya i Drevniy Vostok, M.—L., 1964.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil