Janob Bean (personaj)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janob Bean
Janob Bean obrazi
Ilk bora koʻringan Janob Bean (1-yanvar 1990-yil)
Muallif(lar) Rowan Atkinson
Jonlantirgan(lar) Rowan Atkinson
Tugʻilgan sanasi 15-sentyabr 1956-yil (1956-09-15) (67 yosh)
Joylashuv 2-kvartira, 12 Arbour Road, Highbury, London, Angliya
Umumiy maʼlumotlar
Millati britan

Janob Bean (inglizcha: Mr. Bean[1]) — xuddi shu nomdagi teleserialda va bir nechta filmlarda Rowan Atkinson tomonidan yaratilgan va tasvirlangan qahramon. Janob Bean bir qator videooʻyinlar, veb-roliklar va reklama roliklarining bosh qahramoni ham boʻlgan. U oʻzining deyarli oʻzgarmagan libosi — jigarrang tvid pidjak va yupqa qizil galstuki bilan tanilgan. Janob Bean kamgap, qahramon atrofidagi yumor uning atrof-muhit bilan oʻzaro munosabatiga asoslanadi[2].

Shaxsiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janob Bean — kundalik muammolarni tentaknamo tarzda hal qiladigan bolalarga xos bachkana odam. Uning qiyinchiliklarga (koʻpincha oʻzi yaratgan) bemaʼni yechimidan, asosan, barcha yumor kelib chiqadi. U kamdan-kam gapiradi va gapirganda, odatda past ovozda bir nechta soʻzlarni gʻoʻldiraydi. Janob Bean suzish, televizor koʻrish, taʼmirlash, cherkovga borish va boshqalar kabi oddiy ishlar bilan shugʻullanayotganda kulgili vaziyatlarga tushib qoladi[2][3].

Paydo boʻlishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beanning personaji birinchi marta 1990-yildan 1995-yilgacha namoyish etilgan Britaniyaning "Janob Bean" teleserialida taqdim etilgan[4]. Teleserial juda mashhur boʻldi va bir qator nufuzli mukofotlarga sazovor boʻldi. Ular orasida 1991-yilda („Eng yaxshi koʻngilochar dastur“ uchun) va 1992-yilda („Eng yaxshi komediya (dastur yoki serial)“ uchun) BAFTA mukofotlari bor[5][6].

1997-yilda tanqidchilardan turli xil sharhlar olgan „Janob Bean“ badiiy filmi chiqdi (inglizcha: Bean)[3]. 2002-yildan hozirgi kungacha Rowan Atkinson xuddi shu nomdagi animatsion serialda oʻz personajini ovozlashtirib kelmoqda[7]. Atkinson qahramoni haqidagi ikkinchi badiiy film, shuningdek, tanqidchilarni birinchi bor ikkita lagerga boʻlgan „Janob Bean taʼtilda“ (inglizcha: Mr. Bean's Holiday) 2007-yilda ekran yuziga chiqdi[8].

Keyinchalik, „Janob Bean“ ning televizion va film versiyalari boshqa chiqarilmadi, ammo Janob Beanning rasmiy youtube kanalida — vaqti-vaqti bilan va muntazam ravishda yangi musiqiy, shuningdek, janob Beanning amaliy video hikoyalari nashr etiladi. Bunda Rowan Atkinson endilikda Janob Beanning yangi ijrolarida — qoʻshiq aytadi va raqsga tushadi, shuningdek, oʻz qoʻllari bilan amaliy „asarlar“ yaratadi: masalan, u pitsa pishiradi (rasmiy kanalda video hikoya). Shunisi eʼtiborga loyiqki, 2021-yil yanvar holatiga koʻra, Janob Beanning asosiy kanalida 25 000 000 dan ortiq obunachisi bor va (Janob Beanning klassik kanali) qoʻshimcha kanalida deyarli 7 000 000 obunachilari bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. BeanVideosHD. „[HD First Class Flight (Mr. Bean)“]. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  2. 2,0 2,1 „Scotsman.com Living - Atkinson has Bean there and he's done with that“. web.archive.org (2006-yil 18-oktyabr). 2006-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  3. 3,0 3,1 „Bean (1997)“. Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  4. „15 Things You Might Not Know About Mr. Bean“ (en). mentalfloss.com (2015-yil 30-mart). Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  5. „Mr. Bean“. Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  6. Rowan Atkinson says Mr Beanʼs return is ʻdoubtful’ (angl.). The Indian Express (8 oktabrya 2018). matn obraщeniya: 26 dekabrya 2018.
  7. Deans, Jason. „Mr Bean turned into cartoon“ (en). The Guardian (2001-yil 6-fevral). Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  8. „Mr. Bean's Vacation“. Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.