Janar Akayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janar Akayev
qirgʻizcha: Жанар Акаев
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-dekabr 1986-yil (1986-12-13) (37 yosh)
Qirgʻiziston SSR Oʻsh viloyati Oloy tumani Qoplon-Koʻl
Millati qirgʻiz
Kasbi jurnalist

Janar Akayev(qirgʻizcha: Жанар Акаев) — (1986.12.13 Qirgʻiziston SSR Oʻsh viloyati Oloy tumani Qoplon-Koʻl) — qirgʻizistonlik jurnalist, jamoat arbobi, Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Kengeshining deputati[1].

Umrbayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janar Akaev 1986-yil 13-dekabrda O‘sh viloyati Oloy tumanidagi Qoplonko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan.

2011-yilda O‘sh davlat universitetining qirg‘iz filologiyasi va jurnalistika fakultetini tamomlagan.

2008-2014 yillarda Ozodlik radiosining qirg‘iz xizmatida ishlagan[2].

2015-yilning fevralidan avgustigacha Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimida ishlagan.

2015-yil 4-oktyabrda u KSDP ro'yxati bo'yicha VI chaqiriq Jogorku Kengesh deputati etib saylangan.

2017-yil 24-martda u KSDP fraksiyasidan chiqarilgan[3].

2015-2017-yillar - Jogorku Kengeshning Ijtimoiy masalalar, taʼlim, fan, madaniyat va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Super! Info gazetasi tomonidan 2010-2011 yillardagi Super TV boshlovchisi

"Yevroosiyo oltin qalami" xalqaro mukofoti sovrindori (2011)

Melis Eshimqonov jamg‘armasining “O‘tkir qalam” mukofoti (2014)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]