Oʻsh davlat universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Osh Davlat Universiteti (OshDU) (qirgʻizcha: Ош мамлекеттик университети) — Qirgʻiziston Respublikasining davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan oliy taʼlim muassasasi. Oʻsh shahrining Lenin koʻchasi 331 da joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1939-yilda Qirgʻiziston Xalq Komissarlari Sovetining qarori bilan Oʻsh oʻqituvchilar instituti sifatida tashkil etilgan. 1951-yilda Oʻsh oʻqituvchilar instituti asosida Oʻsh pedagogika instituti tashkil topdi.

1992-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan institut universitet sifatida qayta tashkil etildi. Hozirda Oʻsh davlat universiteti Qirgʻizistondagi eng yirik oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

O’sh davlat universitetining tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayni paytda, universitetda 72 ta mutaxassislik boʻyicha 28 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Oʻsh davlat universitetida 27 xorijiy davlatdan 1700 nafar talaba tahsil oladi.

Universitet yuqori malakali professor-oʻqituvchilar tarkibiga ega boʻlib, universitetda 62 nafar fan doktori, professor, 320 nafardan ortiq fan nomzodi va dotsent, 30 nafarga yaqin, respublikada xizmat koʻrsatgan ta’lim, fan, madaniyat, sogʻliqni saqlash va sport arboblari, 3 nafar xalq artisti, bitta xalq rassomii, 2 nafar akademigi, 2 nafari Xalqaro Olimlar Akademiyasi aʼzosi.

Oʻsh davlat universitetida jami 1500 dan ortiq oʻqituvchi va 1200 dan ortiq xodim ishlaydi.

Bugungi kunda Oʻsh Davlat universitetida 15 fakultet, 3 ta oʻquv instituti, 3 ta kollej, 2 litsey, 1 ta bolalar bogʻchasi, aspirantura, ordinatura va magistratura boʻlimlari mavjud. Oʻsh davlat universitetida 21 ta oʻquv binosi, 8 ta talabalar turar joyi, 2 ta tibbiyot poliklinikasi, 7 ta klinik baza, xorijlik mutaxassislar uchun mehmonxona, 5 ta dam olish maskani va Issiqkoʻl sohilidagi pansionat mavjud.

Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]