Jalolobod zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jalolobod zilzilasi
Jalolobod zilzilasi (Qirgʻiziston)
Sana va vaqti 28-may, 1959-yil(1959-05-28)
Miqdori 5.3 Mw
Chuqurligi 18.0 km (11.2 mi)
Taʼsir doirasidagi davlatlar (hududlar) Zilzila:
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston

Jalolobod zilzilasi - 1959-yil 28 mayda Fargʻona vodiysining sharqiy qismida Jalolobod sh. yonida sodir boʻlgan. Zilzila kuchi epitsentrda 7 ball, magnitudasi 5,3. Zilzila 18 km chuqurlikda joylashgan granit qatlamlar orasidagi yoriqlarning siljishi natijasida roʻy bergan. Zilzila oqibatida Jalolobod sh. va unga yaqin boʻlgan aholi yashaydigan yerlarda bir kancha imoratlar buzilgan. Zilzila kuchi Oʻzbekistonning Xonobod, Andijon, Uchqoʻrgʻon va Namangan sh.larida 3—4 ball atrofida sezilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil