Jalil Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jalil Rahimov (1915.1.5, Andyukon tumani Hartum qishlogʻi — 1985.5.4, Andijon) — Oʻzbekiston xalq artisti (1960). Loxugiy nomidagi Toshkent teatr texnikumini tugatgach (1934), Andijon teatrida aktyor R.ijodiga hajviy obrazlar yaqin boʻlib, tashqi boʻrttirish, taʼriftavsiflarning keskinligi, oʻtkir qochirimlar uning qahramonlariga xosdir. Yosuman ("Farhod va Shirin"), Otinbuvi ("Gulsara") kabi kampirlar va Osip ("Revizor"), Oqilmirza ("Nomus va muxabbat") kabi hajviy obrazlarni, keyinchalik Kablayi ("Besh soʻmlik kelin"), Joʻra ("Burgutning parvozi"), Yetov ("Muhabbat"), Qoʻziyev, Marasul ("Shohi soʻzana", "Ogʻriq tishlar"), Toshbolta ("Toshbolta oshiq"), Roller ("Qaroqchilar") singari obrazlar yaratgan. Filmlar ("Hamza", "Natashaxonim" va boshqalar) da ham suratga tushgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil