Jahongir Mirzo maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jahongir Mirzo maqbarasi
Muqobil nomlari Hazrati Imom maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi maqbara
Turi maqbara
Manzili Qoʻshxovuz MFY
Shahar Shahrisabz
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°03′14″N 66°49′12″E / 39.05398983757339°N 66.82001173487289°E / 39.05398983757339; 66.82001173487289 G OKoordinatalari: 39°03′14″N 66°49′12″E / 39.05398983757339°N 66.82001173487289°E / 39.05398983757339; 66.82001173487289 G O
Qurilishi boshlangan 1380-yil
Qurilishi tugagan 1404-yil[1]
Balandligi
Tomi 16 burchakli konussimon gumbaz
Texnik holati
Material marmar, gʻisht, koshin
Binoning ichki maydoni 6.30*6.35 metr

Jahongir Mirzo maqbarasiQashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi Dor ussiyodat majmuasi tarkibiga kiruvchi tarixiy inshoot hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Temurning toʻngʻich oʻgʻli, taxt vorisi Jahongir Mirzo vafotidan soʻng Dor ussiyodat majmuasi tarkibida mazkur maqbara bunyod etilgan. Taniqli tarixchi M. E. Messonning xabar berishicha, Jahongir Mirzoning maqbarasi konussimon koʻrinishdagi gumbazdan tarkib topgan[2]. Mazkur maʼlumotlarga koʻra, bu maqbaraning ayni Jahongir Mirzo sagʻanasi ekanligini koʻrish mumkin. Yana bir tarixiy versiyaga koʻra, maqbara avliyo Hazrati Imom sharafiga barpo etilgan boʻlishi mumkin ham deyiladi. Mazkur inshoot bunyod etilayotgan vaqtda qurilish ishlariga Amir Temurning oʻzi ham bosh qosh boʻlgan. Jumladan, de Klavixo oʻz asarlarida, Amir Temurning oʻzi mazkur hududga tashrif buyurganligi, hamda maqbara eshigining past qurilganligi xususida aytgan fikrlari haqida yozadi. Mazkur holat keyinchalik arxeologik-arxetektura sohasida ham oʻz tasdigʻini topgan.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahongir maqbarasining tuzilishi deyarli kvadratsimon boʻlib, 6.30*6.35 metrni tashkil etadi. Uning har toʻrtala tomonida ham toksimon ravoqlar qad rostlagan. Gʻarb qismida joylashgan ravoq boshqalariga nisbatan ancha chuqur boʻlib, u mehrob koʻrinishida bunyod etilgan.

Maqbaraning ichki qismidagi hududi baland parolilipiped koʻrinishida yaʼni sandiqsimon interyerni oʻzida akslantirgan. Uning yuqori qismi oʻn olti qirrali gardishdan iborat konussimon gumbaz bilan yopilgan.

Janubiy fasad faqatgina oʻz vertikal qisminigina saqlab qolgan. Shuningdek unda peshtoq arkasining chap chekkasi ham saqlangan. Devorning yuza qismi gʻisht mozaika qadamalaridan barpo etilgan va devor oʻrtasida biroz yuqori qismi ikki tomondan roshchalar bilan hoshiyalangan.

Maqbaraning shimoliy fasadi keng hovli tomonga qaaragan boʻlib, mazkur hududda hozir 21-asrda qurilgan masjid va uning yordamchi hujralardan tarkib topgan hovli joylashgan. Mazkur qismdagi fasad gʻisht mozaika naqshinkor koshinlari bilan birikib ketgan yuksak badiiy bezaklarga ega. Ziyoratxona darvozasi uning shimoliy-sharqiy burchagida joylashgan boʻlib, obdon bezatilgan.

Arxeologik izlanishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majmuada amalga oshirilgan arxeologik qaishma ishlari davomida Hazrati Imom maqbarasining marmarsimon ohakdosh bloklaridan bunyod etilgan poydevori ochilib qolgan. Poydevorning gʻarb tomoni toʻliq saqlanmagan, ammo janubroqda bir qator poydevor qismlari aniqlangan. Jumladan, koʻp qirrali minora qoldiqlaridagi dumaloq qismining shimoliy-gʻarbiy qismi ochilgan.

Taʼmirlash ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara interyerida bir qator taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. Shular natijasida katta sagʻanada ganj suvoq izlari saqlanib qolgan. Uning ostida kvadratsimon j’ishtlardan barpo etilgan rovoqsimon xilxona joy olgan. Bu maskan xochsimon koʻrinishda bunyod etilgan boʻlib, unga sharq tomondagi eshik orqali kirish imkoni mavjud boʻlgan[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. M.E.Messon; G.Puchenkova. Shahrisabz pri Temure — 62-bet bet. 
  3. F.Abduxoliqov; A.Razzoqov; K.Rahimov; A.Hakimov; B.Abduhalimov. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Qashqadaryo. Uzbekistan today, 2016-yil — 187 bet. ISBN 978-9943-4510-6-3.