Kontent qismiga oʻtish

Jabay Balimanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jabay Balimanov
qozoqcha: Жабай Балиманов
Tavalludi 1893-yil
Vafoti 6-avgust 1966-yil (69 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi chorvador
Unvoni
Mukofotlari

Jabay Balimanov (1893, hozirgi Qozogʻiston Respublikasi Oqtoʻba (Aktyubinsk) viloyati Qoraqamish qishlogʻi – 1966.6.8) – mashhur chorvador, Oʻzbekiston qorakoʻlchiligi novatorlaridan biri. 1920-yildan Qoraqalpogʻistondagi Toʻrtkoʻl oʻrmon xoʻjaligida, 1928-yildan Tomdi oʻrmon xoʻjaligida ishchi. 1933-yildan to pensiyaga chiqishiga qadar (1963) hozirgi Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi „Oqtov“ (hozirgi Jabay Balimanov nomidagi xoʻjalik) jamoa xoʻjaligida bosh choʻpon. Koʻp yillar davomida qoʻzi yetishtirish va qorakoʻl teri topshirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan (1963-yil har 100 bosh sovliqdan 170 qoʻzi olgan). Qorakoʻl qoʻylarni boqish, asrash va parvarish qilish texnologiyasini zootexnika ilmi yutuqlari va toʻplangan tajribalar asosida joriy etgan. Tomdi tumanidagi Oqtov posyolkasida byusti oʻrnatilgan[1].

  1. Jabay Balimanov“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 2-jild (Beshik — Gidrofizika). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2001 — 704-bet. 
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil