Jaʼfar al-Barzanjiy (adib)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jaʼfar al-Barzanjiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1764-yil (hijriy 1187-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi adib, faqih

Jaʼfar ibn Hasan ibn Abdulkarim ibn Muhammad ibn Abdurrasul al-Barzanjiy, al-Madaniy (shaʼbon oyida Madinada tugʻilib, 1764-yil (hijriy 1187-yil)da vafot etgan) — faqih va adib. Madinada shofiʼiy mazhabiga oid fatvolar chiqarishni boshqargan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nazmu mavlidi-n-nabiy (s.a.v.)“ (Nazmda bitilgan „Mavlidi-n-nabiy (s.a.v.)“);
  • Qissatu-l-meʼroj“ („Meʼrojnoma“);
  • Manoqibu sayyidi-sh-shuhado sayyidina Hamza“ („Shahidlarning sayyidi — janobimiz Hamzaning manoqibi“);
  • al-Arin li asmoi-s-sahoba al-badriyyin al-fayz al-latif biijobati noibi-sh-sharʼi-sh-sharif“ („Shariatning sharafli izdoshi javobidagi latif va fayzli ikki toʻlin oydek sahobalar ismlarining mavqei“);
  • Joliyatu-l-kurub bi asmoʻi sayyidi-l-ajam va-l-arab“ („Arab va ajamliklar janobining ismi sharifini eshitganda qaygʻuga tushuvchilar“);
  • Iqdul-javhar fi mavlidi sohibi-l-havzi va-l-kavsar“ („Jannatiy ariq va

kavsar sohibining tavalludi haqidagi gavharlar shodasi“);

  • Talʼatu-l-badr“ („Toʻlin oyning chiqishi“);
  • Manzuma roʻiya fi asmoʻi ahli badr ala hurufi-l-muʼjam“ („Toʻlin

oy ahlining alifbo tartibidagi ismi shariflari haqida koʻrinib turadigan manzuma“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 77 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.