Ixtiyor Kamolov
| Ixtiyor Ramazonovich Kamolov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1967-yil 16-noyabr Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | fizik olim |
| Sohasi | fizika |
| Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
| Ilmiy darajasi | texnika fanlari nomzodi |
| Ilmiy unvoni | professor |
Ixtiyor Ramazonovich Kamolov (1967-yil 16-noyabr, Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ixtiyor Kamolov 1967-yil 16-noyabr Qiziltepa tumani Sovungaron qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1992-yilda Samarqand davlat universiteti fizika fakultetini tamomlagan. 1992—1999-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti fizika kafedrasi laboratoriya mudiri, 1999—2004-yillarda ixtisoslashgan texnika kolleji oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2004—2006-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy fizika kafedrasi oʻqituvchisi, 2006—2008-yillarda shu kafedraning katta oʻqituvchisi, 2008—2019-yillarda kafedra dotsenti, 2019-yildan fizika va texnologik taʼlim fakulteti dekani, fizika va astronomiya kafedrasi professori[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali. 2 nafar farzandi bor.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ixtiyor Kamolov 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi[1].