Ixtirochilik huquqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ixtirochilik huquqi - Oʻzbekistonda fan va texnika sohasida ixtiro yaratish, uning rasman tan olinishi va qoʻllanishi bilan bogʻliq holda vujudga keladigan ijtimoiy munosa-batlarni tartibga solib turadigan fuqarolik-xuquqiy meʼyorlar majmui. Ixtiro fan va texnikada yangilik ekanini isbotlash uchun u dastlabki taklif berish asosida 15 kunlik muddat ichida ekspertizadan oʻtkaziladi. Ixtiro ekspertiza uchun qabul qilingani yoki rad etilgani haqida taklif be-ruvchiga asosli dalillar bilan yozma ja-vob yuboriladi. Ekspertiza davomida buyurtmachiga ixtiro mazmuniga biron-bir shaklda oʻzgartish yoki qoʻshimcha kiritish taklif etilishi mumkin, buning uchun yana ikki oylik muddat belgilanadi. Mazkur talablar oʻz vaqtida bajarilgan taqdirda ixtironing birinchi marta yaratilganligi fakt sifatida dastlabki taklif berilgan kundan eʼtiboran tan olinadi. Taklifning ixtiro deb hisoblanishi uchun uning muallifi muayyan texnik muammoni ijodiy tarzda hal qilgan boʻlishi shart. Ixtiroga oid huquq qonunqoidalari Oʻzbekiston Respublikasi FK 62bobida belgilab berilgan. Ularga binoan, bu huquq ixtirochiga patent berilganidagina muhofaza qilinadi. Patent bilan muhofazalanadigan ixtirodan oʻz xohishicha foydalanishdagi alohida huquq patent egasiga tegishlidir, boshqa shaxslar uning ruxsatisiz ixtirodan foydalanishga haqli emas (qonunlarda koʻzda tutilgan alohida hollar bundan mustasno). Ixtiro muallifi maxsus huquqlar, imtiyozlar bilan qonun vositasida taʼmin etilishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil