Ivan Zaytsev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Vyacheslavovich Zaytsev
2019-yilgi surati
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ivan Vyacheslavovich Zaytsev
Tavallud sanasi 2-oktyabr 1988-yil (1988-10-02) (35 yosh)
Tavallud joyi Spoleto, Italy
Boʻyi 2.04 m
Laqabi Io Zar
Milliy terma jamoa
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004–2006 Italiya Andreoli Latina
2006–2007 Italiya M. Roma Volley
Italiya Lube Banca Macerata
2008–2012 Rossiya Dinamo Moscow
2012–2014 Qatar Al Arabi
2014–2016 ItaliyaSir Safety Perugia
2016 Italiya Modena Volley

Ivan Vyacheslavovich Zaytsev(1988-yil 2-oktabr, Spoleto, Italiyada tavallud topgan) – asl millati rus boʻlgan Italiya milliy erkaklar volleybol komandasidagi professional oʻyinchi, London 2012 Olimpiya oʻyinlarida bronza medali sohibi, Yevropa chempionatida kumush medal sohibi(2011 va 2013), Jahon ligasida bronza medali sohibi (2013, 2014), Italiya chempioni (2014) va Rio 2016 Olimpiadasida kumush medal sohibi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ivan Vyacheslavovich Zaytsev jahon volleybol sportida mashhur sportchilardan biri boʻlib, kelib chiqishi rus va italyan millatiga mansub. U 1988-yil 2-oktabrda Italiyaning Spoleto shaharida tugílgan. Zaytsevning ajdodlari ham kuchli volleybol oʻyinchilari bo 'lishgan. Uning otasi, Vyacheslav Zaytsev, Sovet va Rossiya volleybol komandasida oýnab ularga bir necha Olimpiada medallarini keltirgan. Uning onasi, Irina Pozdnyakova esa Olimpiada gimnastika sportchisi. Zaytsevning sport muhitida katta boʻlishi uning yoshligidan hozirgi holatiga kelishiga omil boʻlgan. Zaytsev oʻzining karyerasini 2004-yildan boshladi va u davrda Italiyaning Umbria Volley deb atalgan volleybol guruhiga aʼzo boʻlgan. 2005-yil 16 yoshligida esa Italiya milliy jamoasida ilk bor kortga tushdi va komandadagi eng yosh oýinchiga aylandi. Karyerasi davomida u bir necha Rossiya va Italiyaning mashhur guruhlarida oʻynadi, masalan M.Roma Valley, Dinamo Moscow va Modena Valley. U davomiy ravishda mahalliy va xalqaro musoboqalarda shuhrat yigíb bordi va jamoasining gʻalabalariga yirik hissa qoʻshdi. Zaytsevning oʻyin oʻyin oʻynash uslubi uning kuchli va aniq uzatmalariga bogʻliq boʻlib, u maydondagi moslashuvchanlik va toʻpni aniq qilib uzatib berish qobiliyatiga ega. Uning boʻyi 2.04 metr boʻlib, uning chiniqqan tanasi turli pozitsiyalarda yaxshi toʻp ilishiga koʻmak beradi. Zaytsevning eng mashhur yutuqlaridan biri bu Rio 2016 oʻyinlarida uning Italiya terma jamoasiga kumush medalni olib legani boʻldi. Bundan tashqari u boshqa bir necha xalqaro musoboqalarda gʻalaba qozondi, masalan Jahon ligalarida va Yevropa chempionatida oltin medallarni qoʻlga kiritgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hubbe, Martin A. (2014-05-05). „Zipping Backwards the Other Way – Yet Another Unique Aspect of Cellulose“. BioResources. 9-jild, № 3. doi:10.15376/biores.9.3.3759-3760. ISSN 1930-2126.
  2. Marston, William Moulton, „Dominance.“, Emotions of normal people., New York: Harcourt Brace & Company, 113–140-bet, qaraldi: 2023-09-17