Ivan Yefremov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Vladimirovich Yefremov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 9-mart 1986-yil (1986-03-09) (38 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika
Medallar
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Bronza Anaxaym 2017 105kg gacha
Osiyo chempionati
Bronza Taldikorgan 2009 105kg gacha
Bronza Pxuket 2015 105kg dan ortiq
Kumush Toshkent 2016 105kg gacha
Yozgi Osiyo oʻyinlari
Kumush Guanchjou 2010 105kg gacha

Ivan Vladimirovich Yefremov (1986-yil 9-martda tugʻilgan) — Oʻzbekiston ogʻir atletikachisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2018)[1].

Sport faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda 105 kg gacha boʻlgan vazn toifasida oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Ivan 143 kg + 182 kg = 325 kg) 11-natijani koʻrsatdi.

2007-yilda Respublika olimpiya zahiralari kollejining ogʻir atletika yoʻnalishini tamomlagan.

2007-yilda jahon chempionatida Yefremov 94 kg gacha boʻlgan vazn toifasida (164 kg + 199 kg = 363 kg) 19-oʻrinni egallagan.

2008-yilda Osiyo chempionatida Ivan Yefremov 160 kg + 194 kg = 354 kg natija bilan 94 kg gacha boʻlgan vazn toifasida beshinchi o'rinni egalladi.

2009-yil Osiyo chempionatida siltab koʻtarishda 172 kilogramm tosh koʻtargan boʻlsa, dast koʻtarishda (213 kilogramm) ko'rsatkich bilan oʻz vazn toifasida (105 kilogrammgacha) eng yaxshi natijani qayd etdi. Ivan jami 385 kg natija bilan chempionatning bronza medali sovrindori boʻldi.

U 2010-yili Osiyo oʻyinlarida 182 kg + 218 kg = 400 kg natija bilan Osiyo oʻyinlari kumush medaliga sazovor boʻlgan.

2010-yili jahon chempionatida Ivan Yefremov 105 kg gacha boʻlgan (181 kg + 221 kg = 402 kg) vazn toifasida beshinchi o'rinni oldi.

2011-yilgi jahon chempionatida Ivan 105 kg gacha boʻlgan vazn toifasida jami 390 kg natija bilan 11-oʻrinni egalladi.

2012-yilda Ivan 2012-yilgi Olimpiadada ishtirok etdi va u yerda 183 kg + 218 kg = 401 kg natija bilan beshinchi oʻrinni egalladi. Ammo 2020-yilda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan qayta tekshirish natijalariga koʻra, ogʻir atletika boʻyicha ikkita vazn toifasida medallarni qayta taqsimlash amalga oshirildi. Qaror intizomiy komissiya xulosasi asosida qabul qilingan.

Londonda 105 kg gacha boʻlgan  vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan ukrainalik Oleksiy Toroxtiy mukofotdan mahrum etildi. U deksidroxlorometiltestosteronni qoʻllagani uchun ikki yilga diskvalifikasiya qilingan. Toroxtiyning medali shunda eronlik Navab Nosirshelalga, kumush polshalik Bartlomey Bonkga, bronza Ivan Yefremovga nasib etdi[2][3]

2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida bu natija bilan mutlaq vazn toifadagi Ivan 414 kg natija bilan oltinchi oʻrinni egalladi.

2015-yilgi Osiyo chempionatida siltab koʻtarishda (193 kg) kichik oltin medalni qoʻlga kiritgan, dast koʻtarishda (220 kg) uchinchi oʻrinni egallagan. Bu Ivanga ikkinchi bor qit’a chempionatining bronza medali sovrindori boʻlish imkonini berdi, bu safar mutlaq vazn toifada.

2015-yilgi jahon chempionatida 105 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida bahslarda siltab koʻtarishda 192 kilogramm tosh koʻtarib, kichik “oltin”ga sazovor boʻldi. Ammo dast koʻtarishda 204 kg tosh koʻtargan Ivan 215 va 216 kg toshlarga bardosh bera olmadi. Koʻrsatilgan natija Yefremovga sakkizinchi boʻlishga asos boʻldi.

2016-yilda Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida Ivan Yefremov 105 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida 414 kilogramm natija bilan 5-oʻringa chiqib oldi[4].

2017-yil 28-noyabrdan 5-dekabrga qadar AQSHning Anaxaym shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Ivan Yefremov (105 kg gacha boʻlgan vazn toifasida) 399 kg natija (“bronza”) – 182 natija bilan uchinchi oʻrinni egalladi. 182 kg dast koʻtarishda (“kumush”) va siltab koʻtarishda 217 kg. natijani qayd etdi. Eronlik Ali Hoshimiy (183/221)natija koʻrsatib, yning ketidan latviyalik sportchi Arturs Plesniks (182/217) natija bilan chempion boʻlishdi[5].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]