Ivan Kotlarevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Kotlarevskiy
Tavalludi 7-noyabr 1941-yil
Vafoti 13-iyun 2007-yil
Kiyev
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Ukraina bayrogʻi Ukraina
Kasbi musiqachi

Ivan Arseniyovich Kotlarevskiy (1941-yil, Toshkent – 2007-yil) – ukrainalik musiqashunos va oʻqituvchi, sanʼatshunoslik fanlari doktori (1985), professor (1986), AMU (Ukraina Milliy Badiiy Akademiyasi) muxbir aʼzosi (1997). Ukrainada xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1993), NSKU aʼzosi (1991).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ivan Arseniy Kotlarevskiy va Vira Bakeyevaning oʻgʻli. U 1941-yil Toshkent shahrida tavallud topgan.

1960-yilda Lvov konservatoriyasini, 1966-yilda Novosibirsk konservatoriyasini (Y. Konning musiqa nazariyasi sinfini) tamomlagan va shu konservatoriyada dars bergan.

1968-yildan Ukraina Milliy musiqa akademiyasida ishlagan. 1984-1995-yillarda ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 1992-yildan esa musiqa nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan[1].

Ivanning tashabbusi bilan akademiyada axborot-hisoblash markazi, ukrain folkloriga oid ilmiy-ijodiy laboratoriyasi, Ukraina musiqashunosligi kabineti ochilgan.

Kotlarevsjiy ilmiy-tadqiqot ishlari bilan faol shugʻullangan. U milliy va jahon musiqa merosini, zamonaviy ukrain va xorijiy bastakorlarni targʻib qilgan va ommalashtirgan[2].

Ivan Arseniyovich ilmiy musiqashunoslikda oʻz yoʻnalishini yaratgan. Kiyev, Moskva, Novosibirsk, Cherkassida musiqa asboblarini ishlab chiqarish va rekonstruksiya qilishda qatnashgan.

Musiqa ijrochiligi tarixi, musiqa taʼlimi, musiqa nazariyasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan[3].

Talabalari orasida Marina Denisenko, Vitaliy Ivanchenko, Boris Vereshagin, I. Ignatchenko, Iryna Koxanik, O. Markova, Tetyana Martinuk, Olena Roschenko, Oleksandra Samoilenko, Vira Hrihorivna Sumarokova, L. V. Shapovalova bor edi.

Ivan 1971-yilda „Diatonika i xromatika yak ketegorii muzichnogo mislenna“, 1983-yilda „Muzichno-teortincji sistemi yevro[eyskogo misletstvozanavstva“ va 1989-yilda „Do pitaniya pro ponyatiynist muzichnogo mishlenna“ kabi maqolalar muallifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Котляревський Іван Арсенійович“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  2. „УКРАЇНСЬКА МУЗИКА“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  3. [https://www.mari.kiev.ua/sites/default/files/inline-images/pdfs/mo10/MO-10_2008_p-357-358_Kotlyarevska.pdf „КРЕДО ЙОГО ЖИТТЯ І ТВОРЧОСТІ (Пам’яті члена-кореспондента АМУ І. А. Котляревського)“]. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.