Cherkassi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Cherkassi — Ukrainaning Cherkassi viloyatidagi shahar (1795 yildan), viloyat markazi. Kremenchug suv ombori (Dnepr daryosi) oʻng sohilidagi port. Cherkassi va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 295,4 ming kishi (2001). Ch. Litva qoʻl ostida boʻlgan Kiyev knyazligi tarkibida 1394 yildan maʼlum. 1954 yildan viloyat markazi. Sanoatning muhim tarmoqlari: kimyo, mashinasozlik va metallsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatlari. Yirik korxonalari: kimyo kti, kimyoviy tola va kimyoviy reaktivlar, plastmassa va boshqa, "Rotor" ishlab chiqarish birlashmasi, shakarqand, sut zdlari, konserva, goʻsht, tamaki, tikuvchilik birlashmasi, trikotaj fkalari, shoyi gazlamalar kti va boshqa faoliyat koʻrsatadi. Kurilish materiallari ishlab chiqariladi. Ped. instituti, 2 teatr, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi bor.