Kontent qismiga oʻtish

Italyan hot-dogi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Italyan hot-dogi

Italyan hot-dogi
Turi Hot-dog
Milliy oshxona Italyan oshxonasi
Muallifi Jimmy Buff va Mary Racioppi
Asosiy komponentlari Italiyan rolli yoki pizza noni yo hot-dog noni, bulgʻor qalampiri, piyoz va kartoshka

Italyan hot-dogi – bu Jimmy Buff va uning rafiqasi Mary Racioppi tomonidan tayyorlangan Nyu-Jersi (AQSh) da mashhur boʻlgan hot-dog turi[1]. Uning oilasi bugungi kungacha Jimmy Buff’s restorani faoliyatini davom ettirmoqda[2]. Toms daryosidagi Jo Joeʼs Italian hot-dog singari boshqa italyan restoranlarida ham bu hot-doglarni yeb koʻrish mumkin, ammo Jimmy Buff’s restorani Nyu-Jersida birinchi marta italyan hot-doglarini tayyorlab-sotgan va italyan hot-doglari bilan mashhur boʻlgan restoran sifatida tanilgan[3].

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italyan hot-dogini tayyorlashning koʻplab usullari mavjud. Bunday hot-dog italyan rulosi yoki pizza noniga solinib, ustiga qovurilgan (odatda yaxshilab qovurilgan) bulgʻor qalampiri, piyoz va kartoshka qoʻshib pishiriladi[4][5][6]. Italyancha hot-dog tayyorlash Nyu-Jersi anʼanasiga aylangan boʻlib, Filadelfiya pishloqli biftshteksi yoki boshqa mintaqaviy sendvichlarga oʻxshab ketadi[1].

Tayyorlanadigan joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italyan hot-doglarini tayyorlaydigan restoranlar asosan Nyu-Jersida joylashgan. Jimmy Buffning restorani Kenilwortda faoliyat boshlagan. Restoranning yana bir filiali West Orangeda ochilgan[2]. Toms daryosidagi Jo Joning italyancha taomlar yemakxonasi italyan hot-doglarini tayyorlash bilan ham shugʻullanadi. Kenilworthdagi Charliening mashhur italyan hot-doglar yemakxonasi ham aynan italyan hot-dogini tayyorlab-sotish bilan shugʻullanadi. Newarkda joylashgan Dickie Dee, Nyu-Jersi shahrida joylashgan Tommy’s Italian Sosis va Nyu-Yorkning Bruklin tumanida joylashgan Saint Anselm yemakxonasida ham italyan hot-doglari tayyorlanadi[3].

James „Buff“ (laqabi) Racioppi, Nyu Jersining Newark hududidagi Jimmy Buff yemakxonasining asoschisidir. U 1932-yilda italyan hot-dogini ixtiro qilgan[7]. Hot-dog aslida Jimmy Buff tomonidan ixtiro qilingan boʻlsa-da, u ilk marta Mary Racioppi tomonidan taom sifatida tayyorlagan. Mary turmush oʻrtogʻi Jimmy va uning doʻstlari karta oʻynab oʻtirganlarida italyan hot-doglarini tayyorlab taqdim qilgan. Hot-dog Jimmyning yaqin doʻstlari va qarindoshlari orasida shu qadar mashhur boʻlganki, Jimmy va uning oilasi Jimmy Buff nomi bilan ataladigan restoran faoliyatini yoʻlga qoʻyishgan. Menyudagi birinchi taom italyan hot-dogi boʻlgan. Qisqa vaqt ichida taom restoranning asosiy yeguligiga aylangan va mijozlarning sevimli taomi boʻlib qolgan. Oradan 80 yildan ortiq vaqt oʻtganidan keyin ham, italyan hot-dogi va oʻzining zamonaviy italyan kolbasalari hali hanuz Jimmy Buff’s yemakxonasida mashhurligicha qolgan, hatto bu taomlarni olish uchun uzun navbatlar paydo boʻlgan[2]. Newarkdagi asosiy restoran yopilgan, ammo Jimmy oilasi va italyan hot-dogini tayyorlash boshqa oshpazlar tomonidan yaxshi oʻzlashtirilgan, ular hali ham italyan hot-dogini taom sifatida tayyorlashmoqda[3].

Italiyan hot-dogining yana bir varianti Nyu-Jersilik Hank Shaw tomonidan tayyorlangan, u 13 yoshida italyan hot-dogini tatib koʻrgan va yangicha turini ixtiro qilgan. U oʻzining italyan hot-doglarini toza zaytun moyi, tuz, qaynatib keyin tozalangan va ½ dyuymli boʻlaklarga boʻlingan kartoshka, yashil qalampir, katta piyoz, italyan ziravorlari, xantal, mol goʻshti, sendvich bulochkalaridan foydalangan holda tayyorlagan[8].

Dickie Deening italyan hot-dogi oddiy hot-dogga qaraganda sogʻliq uchun foydaliroqdir. Dickie Deening italyan hot-dogi Jimmy Buff tayyorlagan hot-dogga deyarli oʻxshab ketadi, faqat Dickie Dee yeryongʻoq yogʻidan foydalanadi. Jimmy Buff italyan hot-dogini tayyorlashda uning ichiga solinadigan masalliqlarini yaxshilab qovurish uchun xolesterinsiz soya yogʻini ishlatgan[9][10].

Ommaviy axborot vositalarida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jimmy Buff 2022-yil boshida Nyu-Jersi shtatida yashovchi Casey Webb tomonidan olib borilgan Cooking Channel telekanalida efirga uzatilgan Man vs Food (Odamga qarshi oziq-ovqat) koʻrsatuvining 9-mavsumida chiqish qilgan.

  1. 1,0 1,1 Robert Sietsema. „Dog Ziggity: New Jersey's Own Hot Dogs“. New York Times (2013-yil 24-sentyabr).
  2. 2,0 2,1 2,2 „Jimmy Buff's Italian Hot Dogs“. www.jimmybuffs.com. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  3. 3,0 3,1 3,2 {
  4. Mercuri, Becky. The Great American Hot Dog Book: Recipes and Side Dishes from Across America. Layton, Utah: Gibbs Smith, 2007 — 30–31 bet. ISBN 978-1-4236-0022-0. 
  5. Hank Shaw. „New Jersey Italian Hot Dog“. Simply Recipes (2011-yil 20-iyun).
  6. „Italian Style Hot Dogs“. Food Network.
  7. Stern, Jane and Michael. 500 Things to Eat Before It's Too Late: And the Very Best Places to Eat Them. New York: Houghton Mifflin Harcourt, 2009 — 96 bet. ISBN 978-0-547-05907-5. 
  8. „New Jersey Italian Hot Dog“ (en). Simply Recipes. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  9. „Jimmy Buff's Italian Hot Dogs“. www.jimmybuffs.com. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  10. Dickie Dees In Newark For The Best Italian Hotdogs In New Jersey (inglizcha), 2021-12-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-05-19