Italyan fan-adabiyot va sanʼat ensiklopediyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Italyan fan-adabiyot va sanʼat ensiklopediyasi (Italyancha: "Enciclopedia italiana di scienze, lettere ed arti"), "Italyana" — Italiyadagi eng yirik universal ensiklopediya. 1929—39 yillarda 36 jildi Rimda nashr etilgan. Oxirgi jildi barcha nashrning koʻrsatkichi (mundarijasi)dan iborat. Oxirgi jild, shuningdek, 1938 yil bo-silib chiqqan birinchi qoʻshma jildning (Appendice 1) koʻrsatkichlarini ham qamrab olgan. Keyinchalik 1948 (1938—48 yillar qamrab olingan) va 1961 yillarda (1949—60 yillar qamrab olingan) qoʻshimcha ikki jildligi nashr etilgan. "Italyana"ning asosiy qismi gumanitar yoʻnalishda boʻlib, tarix, sanʼat, adabiyot, geografiya, shaxslar haqidagi maʼlumotlardan iborat. Qoʻshimcha jildlarda asosiy eʼtibor tabiiy fanlarga, texnikaga karatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil