Italiya — Kolumbiya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Italiya — Kolumbiya munosabatlari

Italiya

Kolumbiya

Italiya — Kolumbiya munosabatlari Italiya va Kolumbiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir. Davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va Jahon Savdo Tashkilotining toʻliq aʼzolaridir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1502-yilda italiyalik tadqiqotchi Xristofer Kolumb (Ispaniya xizmatida boʻlganida) oʻzining toʻrtinchi sayohati davrida hozirgi Kolumbiya va Panamada yashovchi Kuna xalqiga duch keldi. Koʻp oʻtmay, dengizchi toʻxtagan hududlar Xristofer Kolumb sharafiga nomlangan. Kolumbiya 1819-yilda Ispaniyadan mustaqillikka erishdi. 1847-yilda Kolumbiya va Italiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi[1].

Diplomatik munosabatlar oʻrnatilganidan koʻp oʻtmay, italiyaliklar Kolumbiyaga koʻchib oʻtishni boshladilar. Mamlakatga bir necha ming kishi, asosan, XX asr boshlarida kelgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Kolumbiya Axis mamlakatlari (jumladan, Italiya) bilan diplomatik aloqalarini uzdi[2]. Urush tugaganidan koʻp oʻtmay, davlatlar diplomatik munosabatlarni tikladilar.

2012-yilda Kolumbiya va Peru Yevropa Ittifoqi (Italiya ham kiradi) bilan erkin savdo shartnomasini imzoladi. Shuningdek, ikki davlat rahbarlarining bir qancha oliy darajadagi tashriflari va uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. 2015-yil oktyabr oyida Italiya Bosh vaziri Matteo Renzi Kolumbiyaga tashrif buyurgan birinchi davlat rahbari boʻldi[3]. 2016-yil dekabr oyida Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos Italiyaga tashrif buyurdi. Santosning tashrifi davomida Italiya hukumati Kolumbiya hukumati va FARC-AN (Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari — xalq armiyasi)[4] oʻrtasidagi tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Ikki tomonlama shartnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlatlar oʻrtasida bir qancha shartnomalar imzolangan, masalan: Diplomatik grantlar almashinuvi toʻgʻrisidagi bitim (1933); Diplomatik va xizmat pasportlarida vizani bekor qilish toʻgʻrisidagi bitim (1962); Madaniy hamkorlik shartnomasi (1963); Ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1971); Daromadlarni ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim (1979); Iqtisodiy, sanoat va texnik hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1987); Muqobil tinchlik va taraqqiyot jarayonini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlik shartnomasi (2001) va mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasi (2010)[5].

Diplomatik missiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Relaciones diplomáticas Colombia-Italia (in Spanish)“. 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  2. „La ciudadanía italiana y los descendientes de ciudadanos italianos emigrados en Colombia (in Spanish)“. 20-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  3. „Asuntos Económicos y Comerciales entre Italia y Colombia (in Spanish)“. 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  4. „Agradecimiento a Italia por apoyo al proceso de paz manifiesta el Presidente (in Spanish)“. 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  5. „Trattati Italia-Colombia (in Italian)“. 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  6. „Embassy of Colombia in Rome“. 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  7. „Embassy of Italy in Bogotá“. 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.