Istanbul universiteti Transport va logistika fakulteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Istanbul universiteti Transport va logistika fakulteti
Asos solingan 1999-yil
Manzili Istanbul
Vebsayti https://ulastirmalojistik.istanbul.edu.tr/


Istanbul universiteti Transport va logistika fakulteti 1999-yilda Biznes boshqaruvi fakulteti qoshıda tashkil etilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-2016-o‘quv yilida fakultet maqomini oldi. Istanbul universiteti Transport va logistika fakulteti Turkiyadagi logistika sohasida taʼlim beruvchi fakultetlar orasida IRU akkreditatsiyasiga ega boʻlgan yagona fakultetdir. [1]

2020-2021-oʻquv yilida „Transport va logistika“ bakalavriat yoʻnalishi nomi oʻzgartirilib, „Logistika menejmenti“ yoʻnalishi deb nomlandi. Bundan tashqari, taʼlim tili butunlay ingliz tili bo‘lgan yana bir bakalavriat dasturi ochildi.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatini 2 ta bakalavriat dasturi, 3 ta aspirantura va 2 ta doktorantura dasturi bilan davom ettirmoqda. Bu dasturlar quyidagilar: [2]

  • Logistika menejmenti — bakalavriat dasturi (turk tili) Sobiq nomi: Transport va Logistika
  • Logistika menejmenti — bakalavriat dasturi (ingliz tili)
  • Transport va logistika menejmenti — magistrlik dasturi (dissertatsiyali)
  • Intellektual transport tizimlari — magistrlik dasturi (dissertatsiyali)
  • Xalqaro logistika menejmenti — magistrlik dasturi (dissertatsiyasiz)
  • Transport va logistika menejmenti — PhD dasturi
  • Intellektual transport tizimlari — PhD dasturi

Erasmus+[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erasmus+ Talaba almashinuv dasturi doirasida 9 ta universitet bilan shartnoma imzolagan. Bular:

  • Kuhne Logistika universiteti (Germaniya / Gamburg)
  • Rotterdam universiteti (Niderlandiya / Rotterdam)
  • Chexiya texnika universiteti (Chexiya / Praga)
  • Lissabon instituti (Portugaliya / Lissabon)
  • Varshava texnologiya universiteti (Polsha / Varshava)
  • Zilina universiteti (Slovakiya / Zilina)
  • Maribor universiteti (Sloveniya / Maribor)
  • North universitet (Xorvatiya / Koprivnica)
  • Vilnyus Gediminas texnika universiteti (Litva / Vilnyus)

Klublar faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultet tarkibida 2 ta talabalar to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular:

Logistika klubi

Uning asosiy faoliyat sohasi tarmoq tadbirlaridir. Har yili sammitlar tashkil qiladi, soha va talabalar oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydi.

Madaniyat klubi

Uning asosiy faoliyat sohasi madaniy tadbirlardir. U ijtimoiy yordam tadbirlari, madaniy sayohatlar, kino va teatr tomoshalari kabi tadbirlarni tashkil qiladi.

ULF bitiruvchilari platformasi

Bu kollej va fakultet bitiruvchilari tomonidan yaratilgan platformadir. [3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tarihçe“. 11 mayıs 2018da asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Akademik Programlar“. 4 haziran 2020da asl nusxadan arxivlangan.
  3. „ULF Mezun Platformu“. 22 aralık 2018da asl nusxadan arxivlangan.