Issiqlik nurlanish qonunlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektromagnit nurlanishlarning tabiatda eng ko'p tarqalgan turi issiqlik nurlanishi hisoblanadi. Issiqlik nurlanishi - jism atom va molekulalarining issiqlik harakati tufayli, ya'ni jismning ichki energiyasi hisobiga hosil boʻladi. Shuning uchun ham issiqlik nurlanishi nurlanayotgan jismning sovushiga olib keladi. Nurlanish hamma jismlarga xos bo'lib, temperaturasi absolut noldan farq qiladigan jismlar barcha temperaturalarda issiqlik nurlanishi nurlaydi. Yuqori temperaturagacha qizdirilgan jismlar yorug'lana boshlaydi, bunda ular koʻzga ko'rinadigan va ultrabinafsha sohalarda issiqlik nurlanishi chiqaradi. Jism past temperaturalarda yorug'lanmaydi, lekin ular koʻzga ko'rinmaydigan sohada infraqizil nurlar sifatida issiqlik nurlanishi chiqaradi.[1]

Jismlar issiqlik nurlanishi chiqarishi bilan birga, o'zlari ham atrofdagi jismlar chiqargan nurlanish energiyasining ma'lum qismini yutadi. Bunday jarayon jismlarning nur yutishi deyiladi. Jismlarning nur yutishi ularning qizishiga olib keladi. Jism va nurlanish orasidagi o'zaro ta'sir tahlil qilinganda, ular orasidagi termodinamik muvozanatning qandayligini bilish talab qilinadi. Termodinamik muvozanat mavjud boʻlgan sharoitda jismning temperaturasi doimiy bo'ladi. Bunday holda jism birlik vaqtda bir xil nurlanish energiyasini yutadi va chiqaradi, ya'ni qancha miqdorda energiya yutsa, shuncha miqdorda energiya chiqaradi. Bunda jism bilan nurlanish orasida termodinamik muvozanat vujudga keladi. Bunday sharoitda jism bilan muvozanatda boʻlgan nurlanish muvozanatli issiqlik nurlanishi deyiladi.

Demak, muvozanatli nurlanish hamma vaqt issiqlik nurlanishi xarakteriga ega bo`ladi.Bu issiqlik nurlanishi (muvozanatli nurlanish) termodinamika prinsiplaridan kelib chiqadigan ba`zi umumiy qonuniyatlarga bo`ysunadi, termodinamika prinsiplariga asosan, yakkalangan sisteming barqaror issiqlik muvozanatini bu sisteming biror qismlarining nurlanishi yoki qandaydir boshqa issiqlik almashinishlar buza olmaydi. Issiqlik nurlanishi ba`zan temperaturaviy nurlanish deyiladi.Qizigan jism bilan termodinamik muvozanatda bo`lgan issiqlik nurlanishi uchun

Kirxgof nurlanish qonuni -

Stefan-bolsman nurlanish qonuni -

Vinning siljish qonuni -

va boshqalar bajariladi.[2]

  1. 1.G.Axmedova, O.B.Mamatqulov, I.Xolbayev.Atom fizikasi.Toshkent:Istiqlol-2013. 
  2. 2.G.S.Landsberg. Optika. Toshkent - “O`qituvchi” - 1981..