Ismoil Joʻrabekov
- Vikipediyada ismi Ismoil (ism) va familiyasi Jo‘rabekov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Ismoil Hakimovich Jo‘rabekov | ||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
| ||||||||||
| Shaxsiy maʼlumotlari | ||||||||||
| Tavalludi |
12-sentyabr 1931-yil Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR | |||||||||
| Vafoti |
28-sentyabr 2025-yil (94 yoshda)[1][2] | |||||||||
| Siyosiy partiyasi | KPSS | |||||||||
| Maʼlumoti | Oliy | |||||||||
| Mukofotlari |
| |||||||||
Ismoil Hakimovich Joʻrabekov (1931-yil 12-sentyabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2025-yil 28-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) – sovet va oʻzbek davlat hamda siyosat arbobi. 1995-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan[5].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1931-yilda 12-senyabr Samarqand viloyatida ishchi oilasida tugʻilgan. KPSS aʼzosi boʻlgan. 1956-yildan boshlab xoʻjalik, jamoat va siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan.
1956—2010-yillarda Pastdargʻom tumani sugʻorish tizimlari boshqarmasining katta muhandisi va boshligʻi, qurilish-montaj boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari hamda boshligʻi, „Samarqandsuvqurilish“ tresti boshqaruvchisi, respublika melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston SSR Davagroprom raisi, Oʻzbekiston fuqaro mudofaasi ishlari vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – qishloq va suv xoʻjaligi vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 9—11-chaqiriqlariga deputat etib saylangan. KPSS ning XXVII qurultoyiga delegat sifatida qatnashgan.
2025-yil 28-sentyabrda Toshkentda vafot etgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ismoil Jo‘rabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan [6].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Farzandlari: Alisher, Furqat, Akmal.
Nevaralari: Oybek, Umid, Ulugʻbek, Shodiyor, Sarkorbek, Joʻrabek, Amirbek, Nozimaxon.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ismoil Jo‘rabekov vafot etdi
- ↑ Давлат арбоби Исмоил Жўрабеков 94 ёшида вафот этди
- ↑ Ismoil Joʻrabekov, sobiq vazir, Prezident maslahatchisi
- ↑ Ismoil Jo‘rabekov orden bilan mukofotlandi
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1995-yil 31-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 30-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining to‘rt yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).+2024-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-oktyabr.
- ↑ Ta'ziya
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Joʻrabekov Centrasia saytida
- GA RF R7523 105 152 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 26-avgustdan 27-avgustgacha qabul qilingan qarorlari va ularga materiallar / 14-sonli bayonnomaga / No 2075-VIII dan 2078-VIII gacha. 7-jild
- GA RF R7523 105 376 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1973-yil 8-dekabrdan 10-dekabrgacha qabul qilingan Farmonlari va ularga materiallar / 45-sonli bayonnomaga / No 5141-VIII dan 5149-VIII gacha. 9-jild
- 12-sentyabrda tugʻilganlar
- 1931-yilda tugʻilganlar
- Samarqand viloyatida tugʻilganlar
- 28-sentyabrda vafot etganlar
- 2025-yilda vafot etganlar
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Tojikistonning Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari
- Oʻzbekiston vazirlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 11-chaqiriq deputatlari