Islom kolleji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islom kolleji
Asl nomi The Islamic College
Shiori Higher Education in an Islamic Environment
Asos solingan 1988 (36 yil avval) (1988)
Manzili London Angliya, Buyuk Britaniya
Vebsayti islamic-college.ac.uk

Koordinatalari: 51°32′45.599999999998″N 0°13′50.016″W / 51.54599999999999937°N 0.23056000°W / 51.54599999999999937; -0.23056000 G O


Islom kolleji – Londonda joylashgan ilmiy muassasa boʻlib, islomshunoslik boʻyicha magistratura va bakalavriat darajasida oʻqitishga ixtisoslashgan.

Muassasa islomshunoslik boʻyicha akademik matnlarini hamda har chorakda bir akademik jurnalni nashr etadi.

Nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom kolleji ICAS Press nashriga ega. ICAS Press bir qancha mumtoz va zamonaviy islomiy matn va tarjimalarni, xususan, Qur’on va hadisshunoslik, ilohiyot, falsafa, tasavvuf, siyosat va tarix sohalariga oid asarlarni nashr etgan. ICAS Press shialikni oʻrganishga oid ilmiy maqolalar va kitob sharhlarini oʻz ichiga olgan har chorakda bir marta nashr etiladigan Journal of Shi’a Islamic Studies (Shia Islomshunoslik jurnali) ni ham chiqaradi[1].

Dasturi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bakalavr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda ikkita bakalavriat dasturlarida oʻqishlik taklif etilmoqda, bular: BA Islomshunoslik va BA Havza tadqiqotlari. Birinchisi islom dinining eʼtiqod tizimi va aqliy anʼanalar tizimi sifatida paydo boʻlganidan to hozirgi davrgacha boʻlgan asosiy xususiyatlari bilan talabalarni tanishtirish hamda islom huquqi, tarixi, falsafasi va arab tili kabi muhim mavzularni oʻzida qamrab oladi. Ikkinchisi islomni sivilizatsiya sifatida kengroq nuqtai nazar bilan taʼminlashga qaratilgan va bu uning kurs mazmunida aks etadi. Bu dastur havza yoki anʼanaviy seminariyada boʻlgani kabi, diniy tadqiqotlarga alohida eʼtibor qaratgan.

Aspirantura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom kolleji islomshunoslik, islom huquqi boʻyicha magistr darajalarida oʻqishlikni ham taklif qiladi hamda Islom va Gʻarb (sobiq qiyosiy falsafa) Middlsex universiteti tomonidan tasdiqlangan. Ular masofaviy taʼlim orqali oʻqishlikni ham taklif etadi. Islom kolleji, shuningdek, Middlesex universiteti bilan hamkorlikda DProf dasturida oʻqishlik taklifiga ham ega.

Sertifikat kurslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom kolleji diplom dasturlari bilan bir qatorda Qur’on arab va fors tili, islom bank ishi, islom va inson huquqlari hamda islom falsafasi kabi bir qator sertifikat kurslarida oʻqishlikni ham taklif etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]