Islom Usmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Islom Usmonov
Usmanov Islam.jpg
Tugʻilgan sanasi 1922
Tugʻilgan joyi Toshkent viloyati,
Vafot sanasi 13-Yanvar 1944-yil
Vafot joyi Zaporojye]
Xizmatdagi yillari 1942 — 1944
Unvoni Kichik Serjant
CCCP army Rank maldshyj serzant infobox.svg
Harbiy  qism 1118-oʻqchi polki
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari Sovet Ittifoqi Qahramoni

Islom Usmonov [1922, Toshkent viloyati, Kalinin tumani (hozirgi Toshkent shahri, Chilonzor tumani hududi) — 1944.13.1, Zaporojye] —Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant. 1942 yildan frontda. 1118-oʻqchi polki (3-Ukraina fronti, 6-armiyaning 333-oʻqchi diviziyasi) boʻlinma komandiri. 1943 yil 26 noyabrga oʻtar kechasi birinchilardan boʻlib, Dneprning oʻng qirgʻogʻiga oʻtgan. Zaporojye viloyatidagi Kanavskoye qishlogʻi uchun boʻlgan janglarda jasorat koʻrsatgan. 1944 yil 2 fevralda (vafotidan soʻng) Qahramon unvoni berilgan. Toshkentdagi u yashagan mahallada byusti oʻrnatilgan hamda koʻchalardan biriga nomi qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil