Iskandar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IskandarBoʻstonliq tumanidagi shaharcha (1937 y.dan). Chirchiq daryosi boʻyida, 667 m balandlikda. I. xududidan Chirchiq GESining kanali oqib oʻtadi. Toshkentdan 48 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Barraj — 4 km. Shaharcha yaqinidan elektrlashtirilgan Toshkent — Xoʻjakent temir yoʻl oʻtgan. Aholisi 19 ming kishi (2001). Yer mayd. 204 ga. I.ning etimologiyasi haqida ilmiy asosga ega boʻlmagan rivoyatlar mavjud.

I.da "Iskander — FUDS" oʻzbek — amerika qoʻshma korxonasi, "Tovoqsoykabel" korxonasi, Tovoqsoy GES, Toshkent viloyat pillachilik i. ch. birlashmasi, 2 fermer xoʻjaligi bor. 3 mak-tabda 2,4 ming oʻquvchi taʼlim oladi. Klub, 5 kutubxona, 3 vrachlik punkti, 2 shifokorlik ambulatoriyasi mavjud. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil