Isis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Isis
Isis.svg
Nomi iyerogliflarda

misrcha: ꜣst[1]

Q1X1
H8
B1

meroitik skriptda: Wos[a] yoki Wusa[2][3]

V4F1M8
Asosiy ibodat Behbeit el-Hagar, Philae
Ramz(lar)i Tyet
Ota-onasi Geb va Nut
Aka-uka/opa-singillari Osiris, Set, Nefis, Horus
Consort Osiris, Min, Serapis, Horus
Avlodi Horus, Min, Horusning toʻrt oʻgʻli

Isis (misrcha: js.t, qadimgi yunoncha: Ἶσις, lotincha: Isis) Misr mifologiyasida uchraydigan maʼbudadir. U oy maʼbudasi oʻlaroq tanilgandir. Hayot va sehr maʼbudasi sifatida, u ayollar va bolalarni muhofaza qiladi, kasallarga esa shifo bagʻishlaydi. Shuningdek, u Qadimgi Misrning eng buyuk maʼbudalaridan biri hisoblanadi.

Uning ramzlari — anx, qanotlari hamda bosh kiyimi. U hayot, oʻlim va hosildorlik xudosi sanalmish Osirisning singlisi va rafiqasi boʻlgan. Ularning Horus ismli farzandi ham boʻlgan.

Misrda[tahrir]

Terracotta sculpture of a woman with her arm flung across her forehead
Ayol haykali, ehtimol Isis motam holatida (mil. avv. 14–15-asr)

Roli[tahrir]

Osirisning vafoti va tirilishi haqidagi mif sikli ilk marotaba Piramida yozmalarida uchraydi hamda butun Misr miflarining eng mufassal va taʼsirlisiga aylandi.[4] Isis ushbu mifda boshqa bosh qahramonlarga qaraganda ancha faol rol oʻynaydi, shu sababdan u Yangi Qirollikdan (miloddan avvalgi 1550–1070-yillar) to Ellinistik davrgacha (miloddan avvalgi 305–30-yillar) adabiyotlarda rivojlanib, barcha Misr maʼbudalari orasida eng murakkab adabiy qahramonga aylandi.[5] Shu bilan bir qatorda, u boshqa maʼbudalarning oʻziga xos xususiyatlarini oʻzlashtirdi, bu uning taʼsirini Osiris mifi tashqarisida ham kengayishiga xizmat qildi.[5]

Manbalar[tahrir]

  1. Hart 2005, s. 79.
  2. Quack 2018, s. 108.
  3. Rilly & de Vogt 2012, s. 37.
  4. Wilkinson 2003, s. 119.
  5. 5,0 5,1 Vinson 2008, s. 313–316.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Gods and Goddesses of Ancient Egypt by Janeen R, Adil

Havolalar[tahrir]