Kontent qismiga oʻtish

Isʼhoq al-Buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isʼhoq al-Buxoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 822-yil (hijriy 206-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muarrix

Isʼhoq ibn Bishr ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Solim al-Buxoriy (Abu Huzayfa) — muarrix boʻlgan. Balxda tugʻilgan. Buxoroni vatan tutinib, shu yerda istiqomat qilgan. Ilmu maʼrifatda peshvo, oʻta isteʼdodli faqih boʻlgan. Buxoroga mansub boʻlgan va milodiy 822-yil (hijriy 206-yil) shu yerda vafot etgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Kitobu-l-futuh“ („Fathlar kitobi“)
  • „Kitobu-r-ridda“ („Murtadlik haqidagi kitob“)
  • „Kitobu-l-jumal“ („Jumlalar kitobi“)
  • „Kitobu siffiyn“ („Siffin kitobi“)
  • „Kitobu-l mubtadiʼ“ („Boshlovchi uchun qoʻllanma-kitob“)
  • „Manzuma arabiya fi-t-tasrif“ („Tasrifga oid arabcha manzuma“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 93 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.