Irkutskda Su-30 samolyotining qulashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Irkutsdagi Su-30 samolyotining qulashi
Asosiy maʼlumotlar
Sana 23-oktyabr, 2022-yil(2022-10-23)
18:00
Joylashuv Sovetskiy 2-tor koʻchasi 4-uy, Irkutsk
Kordinatalar 52°19′59″N 104°11′55″E / 52.33306°N 104.19861°E / 52.33306; 104.19861 G OKoordinatalari: 52°19′59″N 104°11′55″E / 52.33306°N 104.19861°E / 52.33306; 104.19861 G O
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Operator aviakorxona
Halokat turi Aviahalokat
Statistika
Ekipaj 2[2]
Vafot etganlar 2 (uchuvchilar)[1]
Map

Su-30 samolyotining qulashi — 2022-yil 23-oktabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 18:00 da Irkutsk shahrida sodir boʻlgan aviahalokat[1][3]. Su-30SM samolyoti parvozni amalga oshirayotgan vaqtida Nova-Lenino mikrorayonining[4][5] 2-Sovetskiy koʻchasidagi yogʻochdan yasalgan ikki qavatli turar-joy binosiga qulab tushdi[6]. Ikki uchuvchi halok boʻldi[7], ushbu uyda yashovchilar jarohat olishmadi. Halokatdan keyin yongʻin kelib chiqqan va yongʻin maydoni 200 m2 ni tashkil qilgan[8]. 150 ga yaqin uy elektr energiyasidan uzildi. Bir qancha vaqtdan soʻng Irkutskdagi aviahalokat zonasidagi barcha uylar elektr taʼminotiga ulandi. Lenin tumani hududida munitsipal favqulodda holat rejimi joriy etildi[9].

Halok boʻlganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Irkutsk gubernatori sinov parvozi vaqtida halok boʻlgan uchuvchilar haqida maʼlumot berdi[10], bular:

  • Maksim Konyushin — Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan sinovchi-uchuvchi;
  • Viktor Kryukov — mayor, ikkinchi toifali harbiy uchuvchi, uchinchi toifali sinovchi-uchuvchi.

Tergov[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tergov qoʻmitasi xabariga koʻra samolyot aviakorxonaga tegishli boʻlgan va jangovar oʻq-dorilarsiz sinov-tajriba parvozini amalga oshirayotgan boʻlgan[11]. Ushbu holat boʻyicha RF JK 263 moddasi („Havo transpori ekspluatatsiyasi va havfsizligi qoidalarini buzilishi“) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi[12]. Irkuts gubernatori Igor Kobzekga koʻra favqulotda vaziyatni tergov qilish uchun aviasanoat mutahassislaridan iborat komissiya tuzilgan[13].

Sabablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

24-oktabr kuni tergov qoʻmitasi Irkutskdagi Su-30 halokatining ikkita asosiy versiyasini maʼlum qildi, bular: uskunaning nosozligi va uchuvchi xatosi[14]. Favqulodda xizmatlar RIA Novosti agentligiga bergan xabariga koʻra, Su-30 uchuvchilari uchish vaqtida hushini yoʻqotgani uchun qulagan samolyotni Irkutskning turar-joy sektoridan olib qocha olmagan[15]. Shuningdek, ekipaj halok boʻlishiga kislorod ballonlaridagi azot qoldigʻi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin[16].

Rasmiy munosabat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shu kuni shahar meri Ruslan Bolotov oʻzining Telegram-kanalida. Irkutskda aholi yordam soʻragan taqdirda vaqtinchalik yashash joyi tayyorlangani haqida xabar qoldirdi[17].

Gubernator Igor Kobzev bilan birga biz voqea joyidamiz. FVK yig‘ilishi (favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish komissiyasi) bo‘lib o‘tmoqda, biz vaziyatni baholayapmiz. O‘t o‘chiruvchilar yongʻinni bartaraf etishdi. Agar kimdgadur yordam kerak boʻlsa, ularga vaqtinchalik yashash markazi hozirlangan.

— Ruslan Bolotov, in

Avariya natijasida vayron boʻlgan uydagi oilalar hozircha oʻz qarindoshlarinikida qolishga qaror qilishgan. Kelgusida boshqa variantlar ham koʻrib chiqiladi.

— Irkutsk viloyati hukumati matbuot xizmati, in

Samolyot halokatga uchragan yogʻoch uyda ikkita oila — jami besh kishi istiqomat qilgan[18]. Shuningdek, gubernator hukumat Irkutskdagi aviahalokatdan keyin uy egalarini uy-joy bilan taʼminlash va mol-mulkini yoʻqotganlik uchun toʻlovlarni toʻlash masalasini koʻrib chiqishi haqida xabar qildi[19].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]