Irina Fedishin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Irina Fedishin
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1-fevral 1987-yil (1987-02-01) (37 yosh)
Fuqaroligi Ukraina
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • qoʻshiqnavis
  • qoʻshiqchi
  • qoʻshiqnavis
Janr pop musiqa, folk-pop va folk music
Faoliyat yillari 2005–hozir
Veb-sayt irynafedyshyn.com

Irina Petrivna Fedishin (ukraincha: Іри́на Петрі́вна Феди́шин, Lvovda tugʻilgan) – ukrainalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Irina Fedishin 1987-yil 1-fevralda Lvov shahrida (Ukraina SSR) musiqachi oilasida tugʻilgan. Yoshligidan musiqiy, vokal va sahna qobiliyatlarini namoyon eta boshlagan[2].

Olti yoshida boʻlajak qoʻshiqchi oʻzini boshlovchi sifatida sinab koʻrgan. Otasi, musiqachi boʻlsa ham, musiqani hech qachon jiddiy kasb deb hisoblamagan va qizining shaxmat bilan shugʻullanishini orzu qilgan. Boʻlajak xonandaning birinchi chalgan musiqa asbobi sintezator boʻlib, tezda improvizatsiya qilishni oʻrganib olgan Irina oʻzining birinchi qoʻshiqlarini yozishni boshlagan.

Oʻn uch yoshida qiz musiqiy taʼlim olishga qaror qilgan va musiqa maktabiga oʻqishga kirgan. Uyida olgan taʼlimi tufayli darhol musiqa maktabining toʻrtinchi sinfiga qabul qilingan va uni imtiyozli diplom bilan tugatgan. Bu yerda kontsert dasturlarini ham olib borgan.Ivan Franko nomidagi Lvov Milliy universitetida iqtisod fakultetida tahsil olgan va shu bilan birga xususiy musiqa hamda vokal saboqlarini olgan.

U yoshlar musiqa tanlov va festivallarida qatnashib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. Baʼzi qoʻshiqlari Ukraina radiostansiyalarida repertuariga kiritilgan. 2005-yilda Eurovision qoʻshiq tanlovi uchun Ukraina milliy tanlovining yarim finalida[1] hamda 2006 va 2009-yilda „Schlager of the Year“ kontsert dasturida chiqish qilgan[3][4]. 2015-yilda Irina Fedishin „Ukraina formati“ ukrain tilidagi qoʻshiqlar tanlovida „Sertsya stuk“ qoʻshigʻi bilan gʻolib chiqqan[5][6].

2016-yilda Ukrainada kontsertlar bergan, bir necha oʻnlab shaharlarga tashrif buyurgan[7]. 2016-yil 4-noyabr kuni Kiyevda, Oktyabr saroyida uning „Tsvite Kalina“ yakkaxon konserti boʻlib oʻtan[7][8].

2018-yilda „Golos Kraini“ telekoʻrsatuvining sakkizinchi mavsumida ishtirok etgan[9].

2020-yilda Irina Fedishin va uning turmush oʻrtogʻi koronavirus bilan kasallangan, bu hodisa uning tuzalganidan keyin maʼlum boʻlgan[10]. 2020-yil sentabr oyida Kiyev va Ukraina radiostansiyalarida eng mashhur xitlar oʻnligiga kirgan „Tam de ti“ qoʻshigʻini taqdim etgan va unga ishlangan klip YouTubeda milliondan ortiq koʻrilgan. Oʻsha yilning oxirida qoʻshiqchi Rojdestvo mavzusidagi bir nechta qoʻshiqlarni chiqargan.

2021-yil yanvar oyidan boshlab qoʻshiqchi „Ukraina“ telekanalidagi „Niqobli qoʻshiqchi Ukraina“ loyihasining toʻrtinchi epizodida ishtirok etgan [11]. 2-mart kuni Fedishin muallifning „Obiymi“ qoʻshigʻini taqdim etgan[12].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fedishin Lvovda yashaydi. Prodyuser Vitaliy Chovnik bilan turmush qurgan[13]. Ularning ikkita: Yura va Oleg ismli oʻgʻillari bor[14]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiya albomlari
  • Tviy angel (2007)
  • Ukraina kolyaduye (2007)
  • Parol (2012)
  • Ukraina kolyaduye. Noyabr (2013)
  • Tsvite kalina (2015)
  • Ti tilki miy (2018)

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil Kategoriya Nomzod Natija Manba
Ukrainskyi format 2015 Konkurs laureati Irina Fedishin Gʻolib [5]
Ukrainska pisnia roku [uk] 2017 Yil yutugʻi Irina Fedishin („Chuji usta“) Gʻolib [15]
2021 Ukraina qoʻshiqlari gʻururi Irina Fedishin Gʻolib [16]
Zolota jar-ptitsya [uk] 2018 Yil ayol qoʻshiqchisi Irina Fedishin Nominatsiya [17]
Yil xiti „Ti tilki miy“ Nominatsiya
Mashhur hit Nominatsiya
2019 „Roman“ Nominatsiya [18]
2020 Dance hit „Prosto tantsuy“ Nominatsiya [19]
Muzychna platforma [uk] 2019 Yil qoʻshigʻi „Bili troyandi“ Gʻolib [20]
2020 „Tam de ti“ Gʻolib [21]
YUNA [uk] 2020 Eng mashhur xit „Xochu na Maldivi“ Nominatsiya [22]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Ирина Федишин“. Обозреватель. Qaraldi: 2017-yil 22-yanvar.
  2. „Ирина Федишин: Желаю читателям "КП" встретить светлый праздник в атмосфере добра“. «Комсомольская правда в Украине» (2017-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 21-yanvar.
  3. „З нагоди дня Києва у столиці відбувся фестиваль сучасної пісні "Шлягер Року 2006"“ (uk). ukrinform.u. Укрінформ (2006-yil 31-may). Qaraldi: 2019-yil 5-fevral.
  4. „"Шлягер року" знову зібрав зірок естради“ (uk). ukrinform.u. Укрінформ (2009-yil 1-iyun). Qaraldi: 2019-yil 5-fevral.
  5. 5,0 5,1 „Ирина Федишин в гостях у АиФ.ua“. «Аргументы и Факты в Украине» (2016-yil 8-oktyabr). 2017-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-yanvar.
  6. „Ирина Федишин стала лауреатом конкурса Украинский формат“. «Теленеделя» (2015-yil 25-avgust). Qaraldi: 2017-yil 22-yanvar.
  7. 7,0 7,1 „Ирина Федишин стала миллионершей“. «Комсомольская правда в Украине» (2016-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 21-yanvar.
  8. „Александр Пономарев поддержал Ирину Федишин на ее концерте в Киеве“. «Обозреватель» (2016-yil 8-noyabr). 2016-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-yanvar.
  9. „"Голос країни-8»: Федишин спробує переспівати Білик, а Трінчер – «Антитіла"“ (uk). tsn.ua. ТСН (2018-yil 6-aprel). Qaraldi: 2019-yil 5-fevral.
  10. София Ковнир. „Ирина Федишин вместе с мужем переболели коронавирусом и рассказали о протекании болезни“ (ru). Обозреватель (2020-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  11. Мария Синицкая. „Кто под маской? Чем завершился четвертый выпуск гипершоу“ (ru). Украина (2021-yil 13-fevral). Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  12. „Ирина Федишин показала изысканный образ в белоснежном платье: эффектное видео“ (ru). 24 Канал (2021-yil 2-mart). Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  13. „Ирина Федишин удивила своего мужа на годовщину свадьбы“. «Комсомольская правда в Украине» (2016-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 21-yanvar.
  14. „«Иди домой»: Сын Ирины Федишин забавно отреагировал на выступление мамы“. hochu.ua (2019-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
  15. „В Варшаве наградили лауреатов общенационального проекта "Украинская песня года"“. Gordon.ua (2017-yil 2-mart). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  16. Виктория Подорожная. „В Киеве состоялась вторая церемония Украинской песни года“ (ru). Корреспондент (2021-yil 21-may). Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.
  17. „Телеканал М2 оголосив номінантів національної музичної премії «Золота жар-птиця»“ (uk). М2 (2018-yil 20-aprel). 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  18. „Стали відомі імена номінантів премії "Золота Жар-птиця"“ (uk). Обозреватель (2019-yil 11-mart). 2019-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  19. „Претенденты на заветные "перья": полный список номинантов музпремии "Золота Жар-птиця" в 2020 году“. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  20. „"Краща пісня 2019 року": перелік переможців за версією "Музичної платформи"“ (uk). Сьогодні (2019-yil 21-dekabr). 2020-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  21. Анастасия Цомкало. „"Музыкальная платформа": какие артисты получили награды за лучшие песни года“ (ru). tochka.net (2020-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  22. „Оголошено номінантів премії YUNA 2020“. Qaraldi: 2020-yil 27-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]