Ipakchi mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ipakchi

Ipakchi mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Shayxontohur
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700002
Avtomobil kodi 01


Ipakchi mahallasiShayxontohur tumanidagi mahalla. Eski Jariq va uchtepa tumanidagi "Degrez" mahallalari bilan chegaradosh. 1967-yilda tashkil topgan. 1956-yilda shu hududga O'rta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti ko'chib kelgan, shu hududdagi aksari fuqarolar institutga ishga kirgan, mahalla nomi shundan kelib chiqqan. Aholisi 5378 kishi, asosan, o'zbeklar (2009). Mahalla hududida 2 sport inshooti, 1 sanoat korxonasi, bolalar bog'chasi, 6 oziq-ovqat do'koni, 2 dorixona, kafe, novvoyxona, masjid, 5 madaniy-maishiy muassasa mavjud. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 254 bet.