Ipak yoʻli xalqaro turizm universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ipak yoʻli xalqaro turizm universiteti
Xalqaro nomi Silkway Tourism International University
Asos solingan 2018
Oʻquv yurti turi universitet
Tipi gumanitar
Sohasi turizm
Rektori Aziz Abduhakimov
Talabalari 510
Fakultetlar 4
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Manzili 17-uy, Samarqand, Universitet ko'chasi, Oʻzbekiston

Ipak yoʻli xalqaro turizm universiteti — Xalqaro turizm sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari va ijodiy ishlarni olib borish bo‘yicha respublikaning tashabbuslarini amaliy ro‘yobga chiqarish, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning tarixiy va madaniy-gumanitar aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan oliy taʼlim muassasasi.

Tarixi[tahrir]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Ipak yo‘li“ turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq 2018-yil 28-iyunda tashkil topgan[1].

Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari[tahrir]

  1. zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini qo‘llagan holda, turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarni milliy va xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq sifatli tayyorlashni taʼminlash;
  2. taʼlimning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, yosh talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, turizm sohasida taʼlim tizimiga yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari tajribasini joriy qilish;
  3. turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlarini hamda o‘qitishning innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
  4. istiqbolli yosh bitiruvchilarni chet el oliy taʼlim muassasalariga va ilmiy-tadqiqot markazlariga magistratura hamda doktoranturada o‘qishga muntazam ravishda yuborish orqali Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish uslublarini faol takomillashtirish;
  5. taʼlim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  6. turizm sohasi subyektlari mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
  7. turistik faoliyatni va turizm sohasida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish;
  8. yetakchi respublika va xorijiy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni, jumladan, ularning mutaxassis hamda ekspertlarini o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish jarayonlariga jalb qilish orqali rivojlantirish, turizm sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish.

Maqomi[tahrir]

  1. Universitet oliy taʼlim muassasasi — yuridik shaxs shaklidagi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha tasarrufidagi pul mablag‘lari va mol-mulk bilan javob beradi;
  2. Universitetda o‘quv-metodik rahbarlik va taʼlim jarayonini yuritish ilg‘or innovatsion hamda ilmiy-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan taʼminlanadi;
  3. Universitet O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasiga kiradi;
  4. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi ayni vaqtda Universitetning bosh menejeri hisoblanadi;
  5. Universitet rektori Universitet professor-o‘qituvchilarining tarkibi to‘liq shakllantirilgunga qadar Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan saylanadi, keyinchalik esa Universitet ustavida belgilanadigan tartibda professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan yopiq ovoz berish orqali saylanadi;
  6. Universitetda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab xalqaro turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimi qo‘llaniladi;
  7. Universitetda o‘qish o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi, bakalavriatda O‘zbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda ikkita chet tili: birinchisi — ingliz (fransuz, nemis) tili, ikkinchisi — Shanxay hamkorlik tashkilotining rasmiy tillaridan (rus, xitoy) biri o‘qitiladi;
  8. Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy taʼlim to‘g‘risidagi hujjat deb eʼtirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Qabul[tahrir]

  1. Universitet bakalavriatiga qabul qilish kvotasi taʼlim yo‘nalishlari yuzasidan, qonun hujjatlariga muvofiq oshirilgan kontrakt stavkalari bo‘yicha qo‘shimcha qabul qilish imkoniyati bilan, 125 kishi, jumladan, davlat grantlariga ko‘ra 42 kishi etib belgilangan.
  2. Universitetga abituriyentlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
  3. abituriyentlarni, chet el fuqarolari bundan mustasno, Universitet bakalavriatiga qabul qilish test sinovlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
  4. chet el fuqarolari Universitet bakalavriatiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari suhbat o‘tkazish orqali to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
  5. Universitetga talabalarni bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish kvotalari soni turizm sohasida mehnat resurslariga bo‘lgan talab prognozidan va Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning maqsadli buyurtmalaridan kelib chiqqan holda, Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
  6. ilg‘or, eʼtirof etilgan xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqalar) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan tartibda eng yuqori ball beriladi va kelgusida ular ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlaridan ozod qilinadi.
  7. Samarqand iqtisodiyot va servis institutining „Mehmonxona xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish“ hamda „Turizm (faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan)“ taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat va magistraturaga qabul tugatiladi.

Fakultetlar[tahrir]

  • Turizm menjmenti
  • Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
  • Ommaviy tadbirlar menejmenti
  • Kasb taʼlimi

Kafedralar[tahrir]

  • Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari
  • Xorijiy tillar
  • Ijtimoiy va tabiiy fanlar

Taʼlim yoʻnalishlari[tahrir]

Kunduzgi[tahrir]

# Shifr Taʼlim yo‘nalishi nomi
1 5230202 Menejment: turizm biznesini boshqarish
2 5230203 Menejment: mehmonxonalarni boshqarish
3 5230206 Menejment: restoran biznesini boshqarish
4 5230208 Menejment: ommaviy tadbirlar menejmenti
5 5230405 Marketing: turizm marketingi
6 5611501 Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili
7 5610300 Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )[2]

Sirtqi[tahrir]

# Shifr Taʼlim yo‘nalishi nomi
1 5230208 Menejment: ommaviy tadbirlar menejmenti
2 5230405 Marketing: turizm marketingi
3 5610300 Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )[3]

Magistratura yoʻnalishlari[tahrir]

# Shifr Taʼlim yo‘nalishi nomi
1 5A230201 Menejment (turizm, mehmonxona va ommaviy tadbirlar)
2 5A610301 Turizm (faoliyat turlari boʻyicha)

Manbalar[tahrir]