Ipak yo'li radiosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ipak Yoʻli Radio - Loyihasi oʻz faoliyatini 1998-yili Tojikistonda boshladi. 1999-yili uning faoliyat qamroviga Oʻzbekiston va 2004-yili Qirgʻiziston qoʻshildi. YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi qoshida hamda bir qator xalqaro tashkilotlarning koʻmagi bilan Ipak Yoʻli Radio loyihasi Markaziy Osiyo mamlakatlari tinglovchilariga qator taʼlimiy radio dasturlar taqdim etib kelmoqda. Ipak Yoʻli Radio Loyihasining asosini Oʻzbekiston va tojikistonlik ijodkorlar hamkorligida yaratib kelinayotgan radiodramalar tashkil etadi.

Oʻzbekiston va Tojikistondagi har bir radio drama voqealar rivoji reportajlari sifatida tanilgan qisqa reportajlar bilan birga efirga uzatiladi. Ushbu reportajlar radio dramaga yangi gʻoyalar berish va mavzularni tadqiq qilish bilan birga uning hayotiyligini ham taʼminlaydi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Radio eshittirish, 2007-06-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2006-05-20