Johannes Gutenberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Iogann Gutenbergdan yoʻnaltirildi)
Johannes Gutenberg
Tavalludi
Johannes Gensfleisch zur Laden zum Gutenberg

tax. 1400-yil
Vafoti 3-fevral 1468-yil (taxminan 68 yoshda)
Mainz, Olmoniya
Fuqaroligi Muqaddas Rim imperiyasi
Otasi Friele Gensfleisch zur Laden[1]
Onasi Else Wirich[1]

Johannes Gensfleisch zur Laden zum Gutenberg (talaffuzi: Yohanes Gensflaysh zur Laden zum Gutenberg[2] tax. 1400[3] — 3-fevral 1468-yil) — nemis ixtirochisi, Yevropada kitob bosish asoschisi. Pul zarb qiladigan joy (zarbxona)da ishlab, metalldan shrift quyishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. 1438-yilda Strasburgda bosmaxona tashkil etadi. 15-asrning 40-yillarida bosmaxona jarayonining texnologiyasini ishlab chiqib, harakatlanuvchi literani qoʻllab bosma qoliplarini tayyorlash usulini ixtiro qildi, dastaki harf (soʻz) quyish qurilmasini yaratdi, bosma pressni qurdi. Gart va bosmaxona boʻyoqlarini taqlif qildi. 1447-yildan Maynsda darslik va ommabop nashrlarni (astronomik kalendar va boshqalar) ni chop etgan. 1452—55 yillarda Bibliyaning 300 nusxasini lotin tilida bosib chiqargan.

Gutenberg Injili

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. „Johann Gutenberg“. American Heritage® Dictionary of the English Language. Houghton Miflin Harcourt Publishing (2020). Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  3. Childress 2008, s. 14

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil