Interval (musiqa)
Interval — bir vaqtda yoki birin-ketin eshitilgan ikki tovush oraligʻi. Tovushqatorning qamragan pogʻonalariga qarab, lotincha tartib sonlarining nomi bilan (prima, sekunda, tersiya, kvarta va hokazo) ataladi. Ketma-ketiga sadolanuvchi tovushlardan melodik interval, baravariga (qoʻshalogʻiga) sadolangan tovushlardan garmonik interval tarkib topadi. Musiqa nazariyasida intervallar hajmi (pogʻonalar soni) va tonlar miqdori bilan oʻlchanadi. Bir oktava doirasidagi intervallar oddiy, bir oktavadan keng intervallar (nona, detsima, undetsima va hokazo) tarkibiy intervallar deyiladi. Hamohanglik yoki ohangsizlik jihatidan garmonik intervallar konsonans va dissonanslarga boʻlinadi. Interval duana-zoʻning oʻlchov birligidir. Sharq musiqa nazariyasida interval boʻd deb yuritilgan[1].
Musiqiy intervallar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oddiy intervallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Primadan oktavaga qadar kenglikda boʻlgan invervallar oddiy interval yoki asosiy intervallar deb ataladi. Ular qatoriga prima, sekunda, tertsiya, kvarta, kvinta, seksta, septima va oktavalar kiradi[2][3].
Oddiy intervallar | ||||
---|---|---|---|---|
Pogʻonalar
soni |
Nomi | Turi | Ton | Belgi |
1 | Prima | sof | 0 (unison) | sof 1 |
2 | Sekunda | kichik
katta |
0,5 (poluton)
1 |
kich. 2
kat. 2 |
3 | Tersiya | kichik
katta |
1,5
2 |
kich. 3
kat. 3 |
4 | Kvarta | sof
orttirilgan |
2,5
3 (uchton) |
sof 4
ort. 4 |
5 | Kvinta | kamaytirilgan
sof |
3 (uchton)
3,5 |
kam. 5
sof 5 |
6 | Seksta | kichik
katta |
4
4,5 |
kich. 6
kat. 6 |
7 | Septima | kichik
katta |
5
5,5 |
kich. 7
kat. 7 |
8 | Oktava | sof | 6 (oktava) | sof 8 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |