Kontent qismiga oʻtish

Inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning yuridik mexanizmlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning yuridik mexanizmlari — inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kafolatlar, institutlar, prinsiplar va tartibotlar tizimi hamda ular asosida faoliyat yurituvchi oʻrganlar faoliyatini nazarda tutadi [1]. Yuridik mexanizmni, sodda qilib aytganda, yuridik norma shu jumladan qoidaning amalga oshirilishi tartibi, yoʻli, usul va uslublari yigʻindisi deyish mumkin. Misol tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida davlat hamda jamiyat yetim bolalarni shu bilan bir qatorda ota-onalarning vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash hamda oʻqitishni taʼminlaydi, bolalarga bagʻishlangan xayriya faoliyatlarini ragʻbatlantiradi deb belgilab qoʻyilgan. Mazkur normani amaliyotda taʼminlashga qaratilgan bir qator qoʻshimcha normativ — huquqiy hujjatlar qabul qilingan shu jumladan ularda davlat va nodavlat tashkilotlarning huquq hamda majburiyatlari belgilab qoʻyilgan [2]. Yaʼni, konstitutsiyaviy normani amalga oshirishning yuridik mexanizmi shakllantirilgan.

  1. Toychiyev, N., ed (2009). "Inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning yuridik mexanizmlari". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 215. 
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi