Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq
Qiyofa
(Im Westen nichts Neuesdan yoʻnaltirildi)
Asl nomi | Im Westen nichts Neues |
---|---|
Muallif(lar) | Erix Mariya Remark |
Til | olmon |
Janr(lar)i | Roman |
Nashr etilgan sanasi | 1929 |
„Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq“ (nemischa: Im Westen nichts Neues ) — Erich Maria Remarkning, 1929-yilda nashr etilgan mashhur asari. Bu roman, yosh askar Paul Boymer va uning ulfatlari frontdagi hayoti va barcha koʻrgan narsalari haqida hikoya qiladi. Remark, Ernest Hemingway kabi, „yoʻqotilgan avlod“ tushunchasini qoʻllagan. U Urushda olingan ruhiy shikastlanish sababli yosh odamlar, urushdan soʻnggi hayotda oʻz joyini topa olmaganlarini tasvirlab bergan. Urushdagi voqealar oddiy askar hayoti timsolida tasvirlanadi.
Asosiy qahramonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Paul Boymer — bosh qahramon. 19 yoshida ixtiyoriy ravishda nemis armiyasiga chaqirilgan va gʻarbiy frontga yuborilgan. 1918-yilning oktabrida vafot etadi.
- Albert Kropp — Paulning sinfdoshi. Oyogʻini yoʻqotadi. Urushdan qaytganlardan biri.
- Myuller Beshinchi — Paulning sinfdoshi. Urushdan soʻng imtiyozli imtixonlarni topshirishni orzu qiladi. Urushda xalok boʻladi.
- Leyer — Paulning sinfdoshi. Urushda yaralanadi va koʻp qon yoʻqotib xalok boʻladi.
- Frans Kemmerix — Paulning sinfdoshi. Jiddiy shikastlanadi va buning natijasida oyogʻi kesib tashlanadi. Operatsiyadan bir necha kun oʻtgach vafot etadi.
- Iozef Bem — Paulning sinfdoshi. Sinfdoshlardan faqat u armiyaga borishni hoxlamagan. Lekin sinf rahbari va yaqinlari taʼsiri ostida armiyaga yoziladi. Bem birinchilardan boʻlib xalok boʻladi.
- Stanislav Katchinskiy (Kat) — Boymer bilan bir rotada boʻlgan. Katchinskiy misolida katta yoshli va yosh askarlar oʻrtasidagi farq yaxshi koʻrinadi. Katta yoshli askarlar ulkan hayotiy tajribaga ega, yoshlar uchun esa urush ularning butun hayoti. Oyogʻidan yaralanadi. Paul uni sanitarlarga yetkazishga ulguradi, lekin yoʻlda Kat boshidan yaralanadi va vafot etadi.
- Tyaden — Paulning doʻsti. Rotadagi eng yebtoʻymas askar. Urushda tirik qoladi. Uning urushdan keyingi hayoti "Qaytish" romanida hikoya qilinadi.
- Xaye Vestxus — Paulning doʻsti. Baland boʻyli, kuchli, buncha aqlli emas, lekin yaxshi xazil mutoyibaga ega. Urushda tanasining orqa qismi shikastlanadi va u vafot etadi.
- Detering — Paulning doʻsti. Dehqon, u faqat oʻzining xotini va xoʻjaligini oʻylaydi. Olmoniyaga qochadi, lekin tutiladi. Keyingi taqdiri aniq emas.
- Kantorek — Paul, Leyer, Myuller, Kropp, Kemmerix va Bemlarning sinf rahbari. Urushning ashaddiy tarafdori. U barcha oʻquvchilarini urushga borishga undaydi. Keyinchalik oʻzi ham koʻngilli askarlikka yoziladi. Keyingi taqdiri aniq emas.
- Bertink — Rota boshligʻi. Qaramlariga yaxshi muomalada. Rotani oʻtsochardan qutqarayotganida koʻkragidan yaralanadi. Vafot etadi.
- Ximmelshtos — Boymer doʻstlari bilan harbiy tayyorgarlik koʻrgan boʻlimning boshligʻi. Ularning kazarmalarida eng vaxshiy zulmkor hisoblangan va bu bilan faxrlangan. Kropp, Tyaden, Boymer va Vestxuslarga oʻziga xos beshavqat munosabatda boʻlgan. Keyinchalik frontga, Paulning rotasiga yuboriladi. U yerda oʻz aybini yuvishga harakat qiladi.
- Iozef Xamaxer — Paul Boymer va Albert Kropp vaqtinchalik joylashgan katolik gospitaldagi bemorlardan biri. U boshidan laʼt yegan. Buning natijasida, vaqti-vaqti bilan nima qilayotganini bilmay qolishi mumkin degan guvohnoma olgan. Lekin, Xamaxer ruhan mutlaqo sogʻ va guvohnomani oʻz manfaatlarida qoʻllaydi.
Ekranlashtirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asar bir necha bor ekranlashtirilgan.
- Rejisser Louis Milestonening Gʻarbiy frontda hech qanday oʻzgarish yoʻq (1930) filmi Oscarga sazovor boʻlgan.
- 1979-yilda Delbert Mann Gʻarbiy frontda hech qanday oʻzgarish yoʻq filmining televizion talqinini olgan.
- 1983-yilda mashhur bastakor Elton John urushga qarshi boʻlgan nomdosh qoʻshiqni yozgan.
- 1975-yilda sovet yozuvchisi Nikolay Brikin Birinchi jahon urushi haqida „Sharqiy frontda oʻzgarishlar“ nomli kitob yozgan.[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ asar nemis tilida, 2010-11-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-06
- ↑ asar rus tilida (Wayback Machine saytida 2014-02-21 sanasida arxivlangan) Maksim Moshkov kutubxonasida
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqga tegishli iqtiboslar mavjud. |