Kontent qismiga oʻtish

Ilya Telegin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilya Telegin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ilya Igorevich Telegin
Tavallud sanasi 22-yanvar 1981-yil (1981-01-22) (43 yosh)
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SDYuShOR Chirchiq
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997 Umid
1998 Chilonzor
1999 Navbahor
2000—2002 Kimyogar 49 (7)
2003—2004 FC Khimki 38 (4)
2004 Anji Mahachqala 13 (0)
2005 FC Metallurg Lipetsk 19 (2)
2006 Sokol-DSK Lipetsk
2007—2009 FC Metallurg Lipetsk 83 (12)
2010 FC Yelets (havaskor)
Milliy terma jamoa
2001 Oʻzbekiston 1
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (\ uchun)

Ilya Igorevich Telegin (ruscha: Илья Игоревич Телегин; 1981-yil 22-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Ilya Rossiya fuqaroligiga ham ega.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek futboli tarbiyalanuvchisi. Ilya futbolchilik faoliyatini Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida ishtirok etgan Umid jamoasida boshlagan. 1998-yilgi mavsumda Chilonzor jamoasi tarkibiga oʻtgan. 1999-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan ammo asosan oʻrinbosalar jamoasida oʻynagn. 2000-yilgi mavsumda Chirchiqning „Kimyogar“ klubi tarkibiga oʻtgan. Ikki mavsum davomida Chirchiq jamoasida oʻynagan.

2002-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etib, 2003-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtgan. „Ximki“, „Anji“ jamoalarida oʻynagan. 2005-yildan Lipetskning „Metallurg“ klubi tarkibida oʻynay boshlagan. 2009-yilgacha Lipetsk jamoasida oʻynagan. U keyingi mavsumni havaskorlar ligasida, Yelets jamoasida oʻynagan.

2011/2012-yilgi mavsum yakunlangach, legionerlar uchun qoidalar kuchaytirilishi tufayli Telegin ikkinchi divizionda oʻynash huquqidan mahrum boʻlgan. U Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasida oʻynagan. Uning diskvalifikatsiyasiga klub va futbolchi norozilik bildirgan. Telegin sport formasini ushlab turish uchun Vichug „Kooperator“ jamoasida oʻynagan[1].