Ilya Levitas
Ilya Levitas | |
---|---|
Tavalludi |
11-dekabr 1931-yil |
Vafoti |
3-avgust 2014-yil Kiyev, Ukraina |
Fuqaroligi | SSSR Ukraina |
Kasbi | jurnalist |
Ilya Mixaylovich Levitas (1931-yil 11-dekabr, Toshkent – 2014-yil 3-avgust, Kiyev) – tarixchi, jurnalist, pedagog, jamoat arbobi. Ukraina Qahramoni (2021, vafotidan keyin). Ukrainada xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1991). Ukraina milliy jamiyatlari kengashi va Ukraina yahudiylari kengashi prezidenti. „Ukrainada fashizm qurbonlari xotirasi“, „Babin Yar xotirasi“ jamgʻarmalari va Sholom Aleyxem jamgʻarmasi raisi. „Jewish News“ gazetasining bosh muharriri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilya Levitas rus, oʻzbek, tatar maktablarida oʻqigan. 14 yoshidan Kiyevda yashagan.
Levitas oliy murabbiylar maktabini (1952), Kiyev davlat jismoniy tarbiya institutini (1959) va Kiyev davlat pedagogika institutini (rus filologiyasi fakulteti) (1964) tamomlagan[1].
Armiyada Gʻarbiy chegarada (Rava-Russkaya) zaxiradagi kapitan lavozimida xizmat qilgan.
Ilya 1952-yildan 1992-yilgacha qirq yil davomida Kiyev maktablarida rus adabiyoti va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Ukrainada xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1991). SSSR jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi (1983) va Ukraina xalq taʼlimi aʼlochisi boʻlgan (1978). Mixaylovich GTO faxriy nishoni sohibi boʻlgan (1981). Bundan tashqari yoshlar oʻrtasida futbol boʻyicha Ukraina chempioni (1949) hamda gandbol boʻyicha sport ustasi (1954).
Levitas Kiyev shahridagi 146-sonli oʻrta maktabda muzey yaratgani uchun Ulugʻ Vatan urushi, rus adabiyoti, Olimpiya shon-sharafi va VDNX medallari bilan taqdirlangan (1979).
Ilya Mixaylovich Ukraina Prezidenti huzuridagi Til siyosati boʻyicha kengash aʼzosi va 2001–2003-yillarda Ukraina Prezidenti huzuridagi Ukraina milliy vakillari kengashi raisi boʻlgan.
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik, mudofaa va huquq-tartibot akademiyasida professor lavozimida ishlagan (2006).
Professor Levitas 2014-yil 3-avgustda Kiyevda vafot etdi va 2014-yil 6-avgustda Baykovo qabristoniga dafn etildi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilya Levitas Davlat ordeni (Ukraina) sohibi boʻlgan[2].
Mixaylovich III (2001), II (2006) va I (2009) darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Левитас Илья Михайлович“. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.
- ↑ „Зеленский посмертно присвоил звание Героя Украины историку Левитасу“. Korrespondent (2021-yil 30-sentyabr). 2021-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-sentyabr.